Gvardiola: “Endi u golfda fantastik o'yinchiga aylanadi”
11 jan 2023 10:00
Yangiliklar
Gvardiola: “Endi u golfda fantastik o'yinchiga aylanadi”
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola Garet Beylning faoliyatini yakunlaganiga munosabat bildirdi.
“U ajoyib davrni o'tkazdi va ko'plab titullarni qo'lga kiritdi. U Uels terma jamoasi sharafini 100 dan ortiq bahsda himoya qildi. Endi Beyl golfda fantastik o'yinchiga aylanadi. Oldin u juda band edi, balki, endi orzusini amalga oshirar. Uni yana taklif (golf o'ynashga) qilaman. U bilan shartnoma imzolash haqida o'ylaganmanmi? U doimo juda qadrli bo'lgan”, degan Gvardiola.
Eslatib o'tamiz, Beyl 33 yoshida butsasini mixga ildi. Vinger faoliyati davomida “Sautgempton”, “Tottenxem”, “Real”, “Los-Anjeles” kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar