So’nggi yangiliklar

13:31"Ман Сити" Англия Кубоги учун "Кристал Пэлас" билан беллашади (превью)  2 13:01"Реал" "Олтин тўп" соҳиби билан шартнома имзоламоқчи  5 12:10"Арсенал" 75 млн еврога форвард харид қилмоқчи  7 11:41"Реал" Родриго кетган тақдирда, унга эҳтимолий ўринбосар топди  2 11:17"Манчестер Юнайтед" мағлубиятлар сони бўйича клуб антирекордини янгилади  4 10:52“Ливерпуль" “Челси“ форварди билан шартнома имзоламоқчи  5 10:25“Манчестер Сити“ Тижани Рейндерсга қанча таклиф қилгани маълум  1 09:56МЮ Рэшфордга нарх белгилади  1 09:28“Ливерпуль“ 20 ёшли футболчига 60 миллион фунт беришга тайёр  3 09:00“Барселона“нинг ёздаги асосий трансфер мақсади маълум  26 08:35“Байер“ Флориан Вирцга нарх белгилади  6 08:05Суперлига. "Сурхон" — "Сўғдиёна" 2:1  2 08:03Аморим навбатдаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  11 07:33Суперлига. Бугун 3 та учрашув бўлиб ўтади  6 02:15АПЛ. "Челси" ўз майдонида "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилди  13

Gvardiola: "Biz ham "Arsenal"ning o'rnida bo'lishni chin dildan istardik" Yangiliklar

Gvardiola: "Biz ham "Arsenal"ning o'rnida bo'lishni chin dildan istardik"

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Sautgempton"ni maqtadi.

"Sautgempton"ga tan berish kerak. Ularning o'yinga tanlagan rejalari juda yaxshi edi. Ular o'z darajasidan yuqoriroq o'ynashdi. Omadimiz kelib, birinchi bo'limda gol urib oldik. Ikkinchi bo'limda raqiblarni jismoniy kurashlar evaziga mag'lub eta boshladik. Ikkinchi gol to'p uchun kurashdan keyin amalga oshdi va keyin gol urish osonlashib ketdi.

Grilish zo'r o'ynadi. Agarda u birinchi bo'limdagi vaziyatini urib olganida, ikkinchi bo'limga boshqacha reja bilan tushardik. Futbolchilarimning mahoratini hisobga olsak, hozir vaziyatlarga diqqatlilik barchasini hal qiladi.

Bernardu Silva - fantastik futbolchi va yaxshi inson. U biz uchun muhim futbolchi. Bernardu 10 daqiqa yoki 90 daqiqa o'ynasa ham jamoaga faqatgina foyda olib keladi.

"Arsenal"? Biz ham ularning o'rnida bo'lishni chin dildan istardik. Buni rostdan ham xohlayman. Ammo vaziyatga real qarash kerak. Endi etibor "Bavariya"ga qaratiladi", - dedi "Siti" ustozi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика