Gvardiola: "Bir kun kelib u "Siti"ni boshqaradi"
17 mar 2023 23:15
Yangiliklar
Gvardiola: "Bir kun kelib u "Siti"ni boshqaradi"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Bernli" ustozi Vensan Kompani "shaharliklar"ni boshqarishiga ishonadi.
"SHaharliklar" ertaga Angliya Kubogi 1/4 finalida "Bernli"ga qarshi o'ynaydi.
"Balki u fikrimga qo'shilmas, ammo bir kun kelib, u "Manchester Siti"ga qaytadi. Qachonligini bilmadim, ammo bu amalga oshadi.
So'nggi 2-3 oy davomida uning "Bernli"da qilgan ishlari aqlbovar qilmas. Ularning turnir jadvalidagi o'rnini ko'rib, ajablanganim yo'q. Ular navbatdagi mavsumda Premer-ligada o'ynashga yaqin turishibdi. Ularga qarshi o'ynash oson bo'lmaydi. CHunki ular maydonda chiroyli o'yin ko'rsatishmoqda.
Murabbiyga o'zini ko'rsatishi va muvaffaqiyatlarga erishishi uchun vaqt kerak. Futbolchilarni tezda g'oliblikka o'rgatish oson emas, ammo u buni ideal tarzda uddalamoqda", - dedi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar