Gvardiola "Barselona" haqida: "Bunday o'yin bilan stadionlar hech qachon bo'sh qolmaydi"
02 may 13:08
Yangiliklar
Gvardiola "Barselona" haqida: "Bunday o'yin bilan stadionlar hech qachon bo'sh qolmaydi"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Chempionlar Ligasi yarim finalida "Inter"ga qarshi o'yindan (3:3) keyin sobiq jamoasi "Barselona"ning o'yini haqida to'xtalib o'tdi.
"Siz "Barselona" kabi o'ynasangiz, stadionlar hech qachon bo'sh qolmaydi. Natija qanday bo'lishi muhim emas. "Barselona"ni sevadigan odamlar qanchalik faxrlanishayotganini qarang", – dedi murabbiy.
Gvardiola kataloniyaliklarning raqiblarini ham maqtab, 2022/23 yilgi Chempionlar Ligasi finalini, "Siti" "Inter"ni mag'lub etganini esladi.
"Menimcha, "Inter" qanchalik kuchli jamoa ekanligini yana bir bor isbotladi, bu biz Chempionlar Ligasida mag'lub etgan o'shi "Inter". Ular ajoyib himoyalanishadi va jismonan baquvvat", – dedi u.

Jamoalar durang o'ynadi va ikkinchi o'yinda final yo'llanmasi uchun kurash olib boradi. "Juzeppe Meacca" stadionida o'tadigan bellashuv 6 maydan 7 mayga o'tar kechasi bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar