Guti: "Hozirgi "Real" "Galaktikos"dan kuchli"
03 apr 2024 14:21
Yangiliklar
Guti: "Hozirgi "Real" "Galaktikos"dan kuchli"
"Futbolchilar borasida hozirgi "Real" "Galaktikos"dan kuchli. Madrid klubida "galaktikos" payti biz uchun o'yinlarni yutish qiyin edi. Ko'pchilik oldinga o'tib ketardi va kamchilik ortga himoyaga yordam berish uchun qaytardi.
"Madriddagi mavqeyim qandayligini bilardim. Men bor kuchim bilan harakat qilganman. Jamoa muvaffaqiyati uchun o'z hissamni qo'sha olishimni bilardim. Makelele bilan yonma-yon yarim himoyada o'ynaganimda menda doim tanlov uchun varinatlarim borligini bilardim: Figu, Zidan yoki Ronaldodan biriga pas berishim kerak va ular men uchun ham o'yin taqdirini hal qila olishadi.
Nima uchun Makelele ketganida hamma: "Biz "Real"ning tayanchini yo'qotdik", - degan? CHunki Makelele nima qilishi kerakligini juda yaxshi bilardi.
Hozir Fede Valverde o'z rolini yaxshi biladi, Kamavinga ham o'z vazifasini juda yaxshi biladi. Bu tarkib "galaktikos"dan yaxshiroq", - dedi Guti "El Chiringuito" efirida.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar