G'ulomxaydar G'ulomov: "SHo'rtan"da barcha sharoitlar bor”
24 mar 2014 20:57
Yangiliklar

G'ulomxaydar G'ulomov: "SHo'rtan"da barcha sharoitlar bor”
Yaqindagina G'uzorning "SHo'rtan" jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzolagan G'ulomxaydar G'ulomov jamoa bilan yangi mavsumga tayyorgarlik olib bormoqda.
Bundan unumli foydalanib G'ulomxaydarni suhbatga chorladik.
- Jamoada ichki muhit qay darajada, ko'nikib qoldingizmi?
- "SHo'rtan"da muhit yaxshi. Qashqadaryoda 5 yil to'p tepganman, bu erdagi futbolchilarning ko'pchiligi tanish bo'lgani uchun jamoaga ko'nikishim qiyin bo'lmadi.
G'uzordagi bazada barcha sharoitlar bor. Hatto, hozirgi ayrim oliy liga klublari havas qiladigan darajada. Maydon, mashg'ulot maydonchalari, sport zallari, suniy qoplamali maydon, trenajer zali, xullas, hammasi alo darajada.
- Jamoa oliy ligaga vazifa qo'ygan. Tayyorgarlik shunga yarasha ketmoqdami?
- Murabbiylar ham, futbolchilar ham mavsumga astoydil tayyorlanishmoqda. O'ylaymanki, rahbarlar ham buni qo'llab-quvvatlaydilar.
- Bugun sobiq jamoangiz "Istiqlol"ga qarshi maydonga tushdingiz. O'zingizni qanday his etdingiz?
- Ochig'i, biroz g'alati. O'yinim ham uncha chiqmadi, balki jamoa kecha "Xorazm" bilan ham o'ynagani uchun charchoq alomatlari sezilgandir. Bu bilan o'zimizni oqlamoqchi emasman, bugun "Istiqlol" ko'proq ishtiyoq bilan o'ynadi. Lekin, kim qanday kuchga egaligini chempionat o'yinlari ko'rsatadi.
- O'zingizni mavsumga tayyorman deb hisoblaysizmi?
- Mavsumga to'liq tayyorman. Men uchun eng asosiysi murabbiylar ishonchi. Ular menga ishonch bildirishsa, o'zimni ko'rsatishga harakat qilaman. Bu men uchun katta ahamiyatga ega.
Tolibjon Qosimov suhbatlashdi

Fikrlar