So’nggi yangiliklar

04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  6 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  12 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  23 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  3 02:25Саудия Арабистони Про лигаси. Сенсация қайд этилмади, "Ал Ҳилол", "Ал Насср" ва "Ал Шабаб"да ғалаба  0 01:22"Нефтчи"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 00:31АПЛ. "Арсенал" ўз уйида очко йўқотишига бир баҳя қолди, "Челси" эса Лондонда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  24 00:11"Пахтакор"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 23:57Туркия Суперлигаси. Ўн киши бўлиб қолган “Истанбул Башакшехир” меҳмонда “Галатасарой”га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  22 23:55Ўзбекистон Суперкубоги ҳакамлари: рекорд Ирматовда, Тўхтасинов саккизинчи бўлди  3 23:45"Вест Хэм" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  8 23:04Ислом Исмоилов: "Икром Алибоев балки ўнг қанотда ўйнар"  2 22:49Про лигада иштирок этадиган Қорақалпоғистоннинг икки жамоаси ўртоқлик ўйини ўтказди  0 22:20Ла Лига. "Атлетико" ўз майдонида "Хетафе"ни мағлуб этди, меҳмонлар ўйинчиси 55-дақиқада майдондан четлатилди  2

G'ulom O'runov: "Dinamo"ga o'tishda ikkilanmadim" Yangiliklar

G'ulom O'runov: "Dinamo"ga o'tishda ikkilanmadim"

Ravshan Haydarov qo'l ostidagi Samarqandning Dinamo klubi ayni payt o'quv-mashg'ulotlar yig'inini Toshkentda olib bormoqda.
Samarqandliklar har yili qishda ananaviy tarzda o'tkaziladigan PFL kubogida ham ishtirok etishdi. Hozirda jamoa murabbiylari bir qator yangi futbolchilarni ko'rikdan o'tkazishyapti. Ular orasida yarim himoyachi G'ulom Urunov ham bor. Arslonlarning navbatdagi mashg'ulotlari nihoyasiga etgach, futbolchini suhbatga tortdik.

- G'ulom, jamoangiz yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida PFL kubogida qatnashdi. Umuman olganda, bu turnir xususida nima deya olasiz?


- Musobaqa nisbatan yaxshi kechdi. 16ta jamoa ishtirokidagi ushbu  turnirda klubimiz V guruhidan joy olgan holda, Qo'qon-1912 (3:0), So'g'diyona (3:0) va Bunyodkor-2 (1:0)ga qarshi bahs olib bordi. Etiborlisi, biz barcha raqiblarimizni mag'lubiyatga uchratishga muvaffaq bo'ldik va chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdik. Bu bosqichda Mashal bilan kuch sinashdik. Uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmaganligi bois penaltilar seriyasiga murojaat qilishga to'g'ri keldi va unda omad bizdan yuz o'girdi - 3:4.

- PFL kubogida Dinamoning oldiga qanday vazifa qo'yilgandi?


- Ushbu musobaqada qatnashayotgan klublar ko'proq o'z oldilariga futbolchilarning jismoniy holatlarini yaxshilash va o'yin amaliyotini oshirish vazifasini qo'yishadi. Lekin har qanday klub turnirda g'olib chiqishni ham istaydi. Dinamo bundan mustasno emasdi. PFL kubogini qo'lga kiritsak, bu XXIII milliy chempionat oldidan qo'shimcha kuch-quvvat berardi. Afsuski, niyatimiz amalga oshmadi. SHunday qaramay, bu musobaqadagi ishtirokimiz chempionat bahslarida bizga asqotadi, deb umid qilaman.

- O'tgan mavsumning 2-davrasini Farg'onaning Neftchi klubida o'tkazgandingiz. Jamoaga Paxtakorning sobiq ustozi Murod Ismoilov bosh murabbiy etib tayinlandi. SHuni hisobga olib aytsak, Farg'onada qolishingiz mumkin edi-ku...

- To'g'ri, o'tgan yilgi mavsumning birinchi davrasida Paxtakorda aynan Murod aka qo'l ostida o'ynadim. Bundan tashqari, u ko'p yillar mobaynida poytaxt  jamoasida ishladi va o'zaro munosabatimiz yaxshi. Xullas, yangi mavsumni ham Farg'ona klubida o'tkazishim ehtimoldan xoli emasdi. Ammo Paxtakor rahbariyati ijaradagi futbolchilarni ortga qaytardi. SHundan so'ng Dinamodan taklif tushdi va klub rahbarlari bu boradagi fikrimni so'rashdi. Ko'hna shaharliklar ustozi Ravshan Haydarovni yaxshi bilganligim, Paxtakor va Qizilqum klublarida uning boshqaruvida o'ynaganligim sababli taklifni ikkilanmay qabul qildim. Ravshan Akmalovich - yaxshi mutaxassis. Ayniqsa, mashg'ulotlarni qiziqarli olib boradi va raqibga mos taktika tanlaydi. Qisqasi, barchasini taroziga solib, joriy yil ham Ravshan aka bilan birga faoliyat yuritishni ma-qul ko'rdim.

- Demak, transfer huquqingiz hali ham Paxtakorga tegishli...

- SHunday. Klub bilan yana bir yillik shartnomam bor. Ammo yangi mavsumni sherlar tarkibida boshlamasligim aniq. CHunki jamoaning xorij yig'inlarida ishtirok etmadim.

- Umuman, yangi mavsumdan nimalar kutyapsiz?

- Milliy chempionatimiz avvalgilariga qaraganda, ancha qiziqarli kechadi, menimcha. CHunki ko'plab klublar o'z tarkiblarini kuchaytirishyapti. CHempionlik uchun esa asosan Bunyodkor, Lokomotiv, Nasaf va Paxtakor klublari kurash olib borsalar, ajabmas. Ushbu jamoalarga Olmaliq ham munosib raqobat ko'rsatishi mumkin.

- Lekin Paxtakor o'tgan mavsum sovrindorlar qatoridan joy ololmadi...


- O'tgan yildagidan farqli o'laroq, Paxtakorning sovrindor, hattoki, chempion bo'lishi imkoniyati ancha baland. Zero, jamoa shunga yarasha kuchaytirildi. Bundan tashqari, yoshlarning tajribalari ham ortdi. Umuman olganda, sherlar bu yil boshqacha o'yin namoyish etishadi.

- Dinamo-chi, klub nechanchi o'rin uchun kurash olib borishi mumkin?


- Takidlaganimdek, Ravshan Akmalovich tajribali murabbiy. Menimcha, jamoa kuchli beshlikdan joy olish uchun kurashish salohiyatiga ega. Klub oldidagi vazifalarni bajarishda men ham chiroyli o'yin va gollarim bilan munosib hissa qo'shaman, degan umiddaman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика