"Guliston" bugun Qozog'iston klubi bilan o'ynaydi
20 mar 2014 12:17
Yangiliklar


"Guliston" bugun Qozog'iston klubi bilan o'ynaydi
Birinchi ligada ishtirok etadigan "Guliston" klubi tayyorgarlikni o'z qarorgohida davom ettirmoqda.
Klub ijrochi direktori Hasanboy Egamberdievning "SA"ga bergan xabariga ko'ra jamoaga hozirga qadar "Paxtakor" klubi yosh himoyachisi Azamat Abdullaev va Vladislav Purak kabi futbolchilar qo'shilishgan. "Guliston" bu yil birinchi liganing birinchi bosqichida kuchli sakkizlikka kirishni maqsad qilmoqda.
Bugun jamoa Rauf Inileev boshchilik qilayotgan Qozog'istonning "Maqtaaral" klubi bilan Yangierda nazorat uchrashuvini o'tkazadi. Uchrashuv soat 15:00da boshlanadi.
Enver Gafarov.
Bugun jamoa Rauf Inileev boshchilik qilayotgan Qozog'istonning "Maqtaaral" klubi bilan Yangierda nazorat uchrashuvini o'tkazadi. Uchrashuv soat 15:00da boshlanadi.
Enver Gafarov.

Fikrlar