Greciya TJ ustozi faoliyati davomida ko'rgan eng zo'r futbolchi kimligini aytdi
		
		26 iyu 2022 09:05
        Yangiliklar	
	
				
				Greciya TJ ustozi faoliyati davomida ko'rgan eng zo'r futbolchi kimligini aytdi
“CHelsi” va “Tottenxem” kabi klublar sharafini himoya qilgan urugvaylik sobiq futbolchi Gustavo Poyet “Real” etakchisi Luka Modrich haqida gapirdi.
			“Turli futbolchilar bilan o'ynaganman, ammo “Tottenxem”da assistent bo'lib ishlaganimda, Modrich u erda o'ynardi va u men ko'rgan eng zo'r futbolchi hisoblanadi. Uning futbol haqidagi qarashlari aql bovar qilmas darajada. U barchasini juda oson amalga oshiradi. Hammasini – tezlashadi, to'xtaydi, zarba beradi. Unda tug'ma istedod bor”, deydi Poyet.
Eslatib o'tamiz, 54 yoshli mutaxassis 2001-2004 yillar “shporlar” sharafini himoya qilgan va 2007/08 yilgi mavsum murabbiy yordamchisi sifatida faoliyat yuritgan.
U 2022 yil fevralidan beri Greciya TJga ustozlik qilib kelmoqda.
O’xshash yangiliklar
                   
                   
			
		
		
			championat.asia
		
	
            
                    Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
                    Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
                    Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
                    Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Эльче"ни мағлуб этди
Fikrlar