So’nggi yangiliklar

14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  1 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  0 13:13"Астон Вилла" "Челси" ва ПСЖ ҳужумчиларини таркибига қўшиб олмоқчи  0 12:51Диего Симеоне: "Атлетико" ўз принципларини ўзгартирмайди"  0 12:30Мурод Бобожонов: "Сўнгги тўрт ўйинда уч гол? Бундан ҳам яхшироғига ҳаракат қиламан"  1 12:12Месси ва Альба бугун нега ўйнамади? Маскерано жавоб берди  2 11:49Фақатгина 3 мураббий Пепнинг "Сити"сини "Этихад"да икки хил клуб билан мағлуб қила олган  3 11:32Авазбек Ўлмасалиев: "Миллий терма жамоага илк маротаба чақирилганимдан хурсандман"  1 11:16"Тоттенхэм" Мэддисон ўрнига бошқа футболчи топди  1 10:51Бруно Фернандеш "Ал-Иттиҳод" билан яширин учрашув ўтказди. Футболчи йиллик истагини маълум қилган  8 10:20"Барселона" ёзда сотиб олган футболчини Туркия клубига ижарага бермоқчи  1 09:48Флик "Барселона"нинг "Леванте"га қарши ўйинига муносабат билдирди  11 09:18"Ал Иттиҳод" 18 ёшли футболчига 50 миллион евро тўлашга тайёр  0 08:51Модрич А Серия рекордини ўрнатди  2 08:20Артета кечаги учрашувда жароҳат олган етакчилари ҳақида фикр билдирди  1

Greciya- Kot-D'Ivuar. PREVYU Yangiliklar

Greciya- Kot-D'Ivuar. PREVYU

Mundiallar tarixida hali nimchorak finalga biror marta chiqmagan ikki jamoada bunday imkoniyat mavjud.
Buning uchun har ikki jamoadan g'alaba qozonish talab etiladi.

Dastlabki ikki turda yaxshi o'yin namoyish qilmagan va birorta gol urmagan Greciya pley-offga chiqishi uchun raqibni yirikroq hisobda dog'da qoldirishi talab etiladi. Aks holda, greklar uyga qaytishga majbur.



Boshqa tarafdan iqtisodiy inqirozga yuz tutgan mamlakat jamoasining jahon chempionati final bosqichida ishtirok etishining o'zi katta muvaffaqiyat. Kacuranis o'tgan turdagi qizil kartochka tufayli bellashuvni o'tkazib yuboradi. Uning o'rnini Santush katta ehtimol bilan Karagunisga topshirsa kerak. Hujumda esa Samarasga Gekas yoki Mitrogludan biri yordam berishi kutilmoqda.



Ivuarliklar esa barchasini o'zlari hal etib qo'yishlari mumkin. Buning uchun Sabri Lyamushi shogirdlaridan kamida mag'lubiyatga uchramaslik talab qilinadi. Zokora diskvalifikaciya sababli o'ynay olmaydi. Aka-uka Turelar oilasidagi ko'ngilsizlik barchaning diqqatini o'ziga tortdi. Kolo va Yayaning ukasi Ibrohim saraton kasalligi tufayli hayotdan ko'z yumdi. Uning xotirasi uchun ham mazkur o'yinda Turelar bor kuchlarini sarflab, jamoaning nimchorak finalga chiqishiga hissa qo'shishga intilishadi. SHu tariqa Ivuarning ilk bor guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o'tganini ukalarining xotirasiga bag'ishlashlari mumkin.

Jamoalar hozirga qadar umuman to'qnash kelmaganlar. Bugungi bellashuv ular uchun ilk o'zaro uchrashuvga aylanadi. Taxminlar Afrika qitasi vakili tarafiga yangramoqda.



GRECIYA - KOT-D'IVUAR
01:00. Fortaleza. "Kastalan" stadioni.
Bosh hakam
: Karlos Vera (Ekvador).
Taxminiy tarkiblar
Greciya: Karnezis - Torosidis, Papastatopulos, Manolas, Xolebas - Salpingidis, Kone, Maniatis, Karagunis, Samaras - Mitroglu.
Kot-d'Ivuar: Barri - Ore, K. Ture, Bamba, Boka - Die, Tiote - Kalu, Yaya Ture, Jervino - Drogba.
Diskvalifikaciya qilinganlar: Kacuranis - Zokora.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика