So’nggi yangiliklar

20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  10 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  6 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  7 19:17АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед": Абдуқодир Ҳусанов асосий таркибда!  20 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  3 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  7 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  11 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  6 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1

Graciano Pellening boyib ketish tarixi Yangiliklar

Graciano Pellening boyib ketish tarixi

Buning uchun undan talab qilinadigan yagona ish Xitoyga borish edi.

Keskin ko'tarilish

2016 yilning iyul oyida Graciano Pelle 31 yoshni qarshi oldi. O'sha yozda u "Sautgempton"dan "SHandun Lunen"ga 15,25 million evro (Xitoy bozori uchun juda past ko'rsatkich) evaziga ko'chib o'tdi.

Ammo bu transfer hamon Evropani hayratga soladi. To'lov emas, maoshning miqdori tufayli.

U "Sautgempton"da haftasiga 80 ming funt ishlab topardi, bu 30 yoshli futbolchi uchun yomon emas. Xitoy klubi esa oylik maoshini 225 foizgacha ko'tarib, haftasiga 260 ming funt taklif qildi. Qiziqarliroq takliflar bo'lsa-da, Pelle xitoyliklarga rozilik berdi. Graciano Evro-2016da Belgiya va Ispaniya terma jamoalari darvozasini ishg'ol qilgan, shundan keyin uning atrofida mish-mishlar tarqalgan edi: "CHelsi", "Everton", "Lacio", hatto "Rubin". Ammo italyan Osiyoni tanladi.

Ronalduning villasi uchun 5 oy

Pellening maoshi 2016 yilning yozida sportga ixtisoslashgan nashrlarning asosiy mavzusiga aylandi. Hamma shokda: 31 yoshli italiyalik yiliga 20,7 million dollarlik shartnomaga ega bo'ldi! Bitim 2,5 yilga mo'ljallangani inobatga olinsa, Pelle 50 million dollardan ko'proq daromad oladi.

"Goal.com" Pellening maoshini hisoblab chiqdi: bir oy ichida u Milandan elit kvartira, 5 oyda Krishtianu Ronalduning villasini, 10 oyda Braziliyadan o'ziga orol, bir necha yil ichida Miralem Pyanichni xarid qilishi mumkin.

Ajablanarlisi shundaki, Xitoydagi dastlabki mavsum juda muvaffaqiyatsiz chiqdi. "SHandun Lunen" quyi ligaga tushib ketishiga oz qoldi: jamoa 2015 yilda 3-o'rinni egallagan bo'lsa, 2016 yil 14-pog'ona bilan kifoyalandi. Italiyalik futbolchi 6 oyda 5ta gol urdi. U bu vaqt ichida 10 million dollar ishlab topgandi (samaradorligi 2 million dollar uchun bitta golga to'g'ri keladi).

2017 yilda Pellening natijalari yanada yomonlashdi — butun chempionat davomida 7 gol, jamoasi esa 6-o'rinni egalladi. 2018 yilgi mavsum nisbatan omadli bo'ldi, "SHandun Lunen" 3-o'rinda, Gracioano 17ta gol urdi.

Top-20 

2018 yil oxirida Pellening dastlabki shartnomasi nihoyasiga etdi. Dekabr oyida "Vest Xem" paydo bo'ldi. "TuttoMercatoWeb" xabariga ko'ra, "bolg'achilar" 33 yoshli forvardga Osiyoda olayotgan miqdorida maosh taklif qilgan. Bunga ishonish qiyin, chunki London klubi hech kimga haftasiga 260 ming funt to'lamagan. Biroq bu futbolchiga tasir qilmadi. "SHandun Lunen" eski shartlar asosida yangi bitim taklif qildi. Muddat — ikki yil.

2019 yilning yozida "Forbes" jahonning eng ko'p maosh oluvchi futbolchilari ro'yxatini elon qildi. Birinchi o'rinda yiliga 127 million dollar ishlab topadigan Messi, ikkinchi — Krishtianu Ronaldu (109 million), uchinchi — Neymar (105 million). Reytingda siz shaxsan tanimaydigan futbolchilar yo'q. Ha, Inestani beshinchi o'rinda ko'rish g'alati, ammo u Yaponiyaning "Vissel Kobe" klubida 30 million dollar ishlab topadi. 

Ammo Pellening eng ko'p maosh oladigan futbolchilar ro'yxatida 19-o'rinda etirof etilishiga aql bovar qilmaydi. U klubdan 20,7 million, "Nike" bilan klishuvidan yana 1 mln dollar oladi. Bu degani Pike, Mane, Sterling, Keyn, de Bryuyne, van Deyk, Dibala va boshqa yulduzlardan ko'proqdir. 

So'z so'ngida qiziq fakt

Pelle — eng ko'p maosh oladigan italiyalik futbolchi. Malumot uchun, u 2016 yildan buyon terma jamoadan chaqiruv olmaydi. 

"Transfermarkt.de" portalida Pelle 2,64 million dollarga baholangan. Qizig'i shundaki, Pelle yillik maoshiga o'zini 10 marta qayta sotib olishi mumkin.

Faxriddin Ro'ziev tayyorladi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика