Gonkong U-23 terma jamoasi Osiyo o'yinlaridagi tarixiy natijasi uchun 100 ming AQSH dollaridan ko'proq mukofot puli oldi
10 okt 2023 22:12
Yangiliklar
Gonkong U-23 terma jamoasi Osiyo o'yinlaridagi tarixiy natijasi uchun 100 ming AQSH dollaridan ko'proq mukofot puli oldi
Gonkong U-23 terma jamoasi Osiyo o'yinlarida tarixiy natija erishib, ilk marotaba 4-o'rinni egalladi.
Bugun futbol associaciyasi Koulun ko'rfazidagi restoranlardan birida bayram ziyofati uyushtirdi. Murabbiy Yorn Andersen sahnada nutq so'zladi va olimpiya terma jamoasi futbol associaciyasidan 850 ming Gongkong dollari (108700 AQSH dollari) miqdorida bonus olganini malum qildi.
"Yosh o'yinchilarning yirik sport musobaqalarida munosib ishtirok etishi ularning qobiliyatli ekanligidan darak beradi. Bu yigitlar Gonkong jamoasining kelajagi hisoblanadi. Bu natija ularg dalda beradi. Qolaversa, mukofotlar ham ularni kelajakda oldinga siljishga undashi mumkin", – dedi germaniyalik mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, o'z tarixida ilk marotaba 4-o'rinni egallagan Gonkong terma jamoasi turnir davomida 3 marotaba O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bilan kuch sinashdi va barchasida imkoniyatni boy berdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar