So’nggi yangiliklar

08:20Sofascore. "Истанбул Башакшехир" йирик ҳисобда мағлуб бўлган баҳсда Шомуродов неча баҳо олди?  0 07:53Sofascore. "Манчестер Сити" дуранг ўйнаган баҳсда Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:25Ўзбекистон Суперкубоги. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  3 04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  7 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  14 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  24 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  3 02:25Саудия Арабистони Про лигаси. Сенсация қайд этилмади, "Ал Ҳилол", "Ал Насср" ва "Ал Шабаб"да ғалаба  0 01:22"Нефтчи"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 00:31АПЛ. "Арсенал" ўз уйида очко йўқотишига бир баҳя қолди, "Челси" эса Лондонда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  24 00:11"Пахтакор"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 23:57Туркия Суперлигаси. Ўн киши бўлиб қолган “Истанбул Башакшехир” меҳмонда “Галатасарой”га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  22 23:55Ўзбекистон Суперкубоги ҳакамлари: рекорд Ирматовда, Тўхтасинов саккизинчи бўлди  3 23:45"Вест Хэм" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  8

Gonkong termasi murabbiyi kelajakka umid bilan qarayapti Yangiliklar

Gonkong termasi murabbiyi kelajakka umid bilan qarayapti

O'zbekiston milliy terma jamoasi ertaga Vetnamga qarshi maydonga tushadi. Osiyo Kubogi-2015 saralash bosqichidan o'rin olgan bu bahsda g'alaba qozonish biz uchun juda muhim.
Keyin esa 19 noyabr kuni Gonkongga qarshi to'p suramiz. Gonkong ertaga safarda BAA termasi bilan kuch sinashadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 20:30da boshlanadi.

Malumki, gonkongliklar o'z uylarida kechgan bellashuvda BAAga 0:4 hisobida mag'lub bo'lishgandi. Jamoa bosh murabbiyining aytishicha, BAA va O'zbekiston bilan bo'ladigan o'yinlardan so'ng Gonkongning guruhdan chiqish-chiqmasligi malum bo'ladi. Bu borada Kim Pan Gon shunday dedi:

“Oldimizda yana uchta uchrashuv qoldi. Lekin navbatdagi ikki bahs hammasiga oydinlik kiritadi. To'g'risini aytsam, oldimizdagi ikki o'yinda to'rt ochko qo'lga kiritishni maqsad qilganmiz. Albatta, BAAda bizga oson bo'lmaydi, lekin harakat qilib ko'ramiz. Undan keyin esa O'zbekiston to'g'risida o'ylaymiz. Navbatdagi ikki uchrashuvda ochkolarsiz qolib ketmasak bo'lgani. Umid qilamanki, jamoamizning etakchi o'yinchisi CHan Vay Ho bizga yordam bera oladi. Usiz himoya qo'rg'onimizni tasavvur qilish mushkul”.

Koreyalik murabbiy jamoasining kam gol urayotganini quyidagicha izohladi: “Ha, biz uchta o'yinda atigi bitta gol urdik va bu juda kam. Endi hujumchilarimizning uyg'onadigan payti kelgan bo'lsa ajab emas. Eng muhimi, bizda tezkor o'yinchilar bor, shu bois bundan xotirjamman”.

X.Xoliqov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика