So’nggi yangiliklar

23:01"Барселона" — "Валенсия". Таркиблар маълум  5 22:50"Милан" — "Болонья". Таркиблар маълум  1 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  83 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  13 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  5 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  15 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  5 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  11 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1

"Golden Boy-2009" - Patino hozir qaerda? Yangiliklar

"Golden Boy-2009" - Patino hozir qaerda?

Katta futbolga katta shov-shuvlar bilan kirib kelgan Aleshandre Patoni yaxshi eslaysiz.

U 18 yoshida (2007 yil) ECHLning amaldagi g'olibi "Milan" tarkibiga qo'shilgandi. O'shanda "rossonerilar" transfer qiymati 4 mln evro bo'lgan vunderkind uchun 24 mln sarflagan. Patinoga bo'lajak jahon yulduzi sifatida qaralardi. Istedodli hujumchi A ceriyadagi dastlabki mavsumidayoq o'zini 9 bor ko'rsatishga ulgurdi. 2009 yilda "Golden Boy" mukofotiga munosib ko'rildi. 

Biroq, kutilmaganda orttirib olingan jarohat Aleshandrening o'yinida pasayish keltirib chiqardi va asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotdi. Bu paytda Pato klub xo'jayini Silvio Berluskonining arzanda qizi Barbara Berluskoni bilan uchrasha boshlagandi. Bu muhabbat qissasi jamoa bosh murabbiyiga yoqmas, u Pato futbolchi sifatida tanazzulga uchraganini anglayotgandi. Braziliyalik futbolchi dastlab murabbiy bilan, keyin butun jamoa bilan ziddiyatlarga bora boshladi. Keyinchalik, Pato Braziliyaga qaytishni mantiqan to'g'ri deb bildi. Juftlik ajrashishga qaror qilishgandi. Futbolchi o'sha kundan boshlab bir necha bor avvalgi mavqeyini tiklashga harakat qilib ko'rdi. Ammo, barchasi besamar ketdi. 

Bu orada "CHelsi", "Vilyarreal", "San-Pulu" va Xitoy Superligasida to'p tepishga ulgurgan futbolchi allaqachon 31 yoshni qoralab qo'ydi. U bugungi kunda MLS vakili "Orlando Siti" jamoasi sharafini himoya qilyapti.

Quyida Patoning o'zi o'ynagan barcha jamoalardagi statistikasi bilan tanishib olishingiz mumkin.

klubo'yingolassist
"Milan"1506318
"San-Paulu"1053215
"Tyanczin Tyanxay"
60368
"Korintians"39121
"Vilyarreal"2465
"Internasonal"18101
"CHelsi"21-
"Orlando"1--
Muallif :
Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика