So’nggi yangiliklar

20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  1 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  0 19:22Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  5 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  6 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  5 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  6 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  19 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  0 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  20 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  6 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  2

G'iyos Komilov "Navbahor"dan kelishmovchilik tufayli ketganini aytdi Yangiliklar

G'iyos Komilov "Navbahor"dan kelishmovchilik tufayli ketganini aytdi

"Qo'qon-1912" jamoasi kecha Toshkentdagi O'zbekiston mehmonxonasida yangi futbolchilarni keng ommaga tanishtirdi.

Fursatdan foydalanib "Qo'qon-1912" jamoasining yangi azosiga aylangan himoyachi G'iyos Komilovga bir nechta savollar bilan murojaat qildik.

- "Navbahor"ni "Qo'qon-1912"ga almashtirishingizga asosiy sabab nimada?
- Ayrim sabablarga ko'ra, "Navbahor"dan ketishga to'g'ri keldi. Bu orada "Qo'qon-1912"dan taklif kelib tushdi. No'mon Hasanov bilan bo'lib o'tgan muloqotdan so'ng Qo'qonga kelishga qaror qildim. "Navbahor" bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov bilan yuzaga kelgan kelishmovchilik tufayli ketishga to'g'ri keldi. "Navbahor" ham meni jamoada olib qolishni xohlagandi. Ammo "Qo'qon-1912"ga vada berib qo'ygandim.

- "Qo'qon-1912"dan tashqari yana qaysi jamoalardan taklif bo'ldi?
- Yana 2-3ta jamoadan taklif kelib tushgandi. Ammo bu jamoalarni nomini oshkor qilolmayman. SHuningdek, xorijdan ham qiziqish bo'ldi. Lekin Malayziy klubi bilan kelisha olmadim. Keyinchalik uydagilar bilan maslahatlash holda "Qo'qon-1912"ga kelishga qaror qildim.

- SHartnoma shartlaridan tashqari "Qo'qon-1912" o'tishingizga yana nima turtki bo'ldi?
- Bu jamoadagi muhit menga juda maqul keldi. Jamoa juda ahil va inoq. Ko'plab do'stlarim va yoshlikdan tanigan futbolchilar shu erda. SHu boisdan ham jamoaga kirishib ketishga, yangi jamoaga ko'nikish oson kechmoqda.

- Jamoaning salohiyati Superligada qaysi o'rinlar uchun kurashishga etarli deb hisoblaysiz?
- O'tgan mavsum jamoa ancha yaxshi o'ynadi va yuqori sermahsullikni ko'rsatdi. Xudo xohlasa yangi mavsumda ham har bir jamoaga etarlicha qarshilik ko'rsatishga, raqobat qilishga harakat qilamiz. Lekin "Qo'qon-1912" Superliga tarixidagi ilk chempion bo'lishga astoydil intilamiz. Bu shunchaki balandparvoz gaplar emas. Biz bu gaplarni amalda ham haqiqatga aylantirish uchun ter to'kamiz.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика