So’nggi yangiliklar

14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  0 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  0 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  0 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  5 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  2 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  10 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  8 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  23 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  2 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  7 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  5 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  2 01:55Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"сида "Пахтакор" ғалаба қозонди, "Қўқон-1912" эса ўз майдонида "Қизилқум"ни енгди  2

Giorgi Kvesieshvili: “Natija uchun bosh murabbiy bosh qotirishi lozim” Yangiliklar

Giorgi Kvesieshvili: “Natija uchun bosh murabbiy bosh qotirishi lozim”

“Buxoro”, “Andijon”, “Qizilqum” jamoalarida har mavsum turli millat vakillariga mansub legionerlar harakat qilishadi.

Ayrimlari o'zining ajoyib o'yinlari bilan mahalliy ishqibozlarga manzur kelgan bo'lsa, bazilari qisqa muddat to'p tepib aytarli hech qanday foydasi tegmadi. Giorgi Kvesieshvili esa O'zbekistondagi 4 yillik faoliyati davomida o'zidan ijobiy taassurot qoldira oldi. Futbolchi yurtimizdan qolgan xotiralari bilan o'rtoqlashib, sobiq jamoalarining ayni vaqtdagi holatiga munosabat bildirdi.

“Menga O'zbekistonda hamma narsa yoqardi. Kimlarni tanigan bo'lsam ularni barchasini hozir ham hurmat qilaman. Bundan ortiq yana nima kerak menga. Insonlarni va muxlislarni hurmati va etiboridan bo'lak baxt yo'qdir.

Hozirda natijalar qoniqarsiz? Bu ko'proq ishonch bilan bog'liq. To'g'risi, ayni payt vaziyat qanday ekanligidan bexabarman. Ammo, chempionat o'yinlarini, sobiq klublarim ishtirokidagi uchrashuvlarni ko'rib boraman. Natijalarga befarq emasman. Ularga muxlislik qilishda davom etmoqdaman.

Navoiydagi eng esda qolarli bahs “Paxtakor” bilan bo'lgandi. O'shanda men ohirgi daqiqalarda gol urib jamoamga qimmatli bir ochkoni olib bergandim. To'g'risi, poytaxt klubidan ochko olish o'sha paytda ham murakkab edi. Ammo, biz buni uddalagandik.

Ishqibozlar doim natija talab qilishadi. Ular bunga haqlidirlar. CHunki, bu ularning ishi hisoblanadi. Hech qaysi futbolchi yoki jamoa maydonga yutqazish uchun chiqmaydi. Doim g'alaba qozonishni iloji yo'q. Gohida o'yin sifati yaxshi chiqmasligi tabiiy hol deb bilaman. Bu borada esa bosh murabbiy yoki murabbiylar shtabi obdon o'ylab bosh qotirishi kerak.

Muvaffaqiyatsizlikda muammo bitta bo'lmaydi. Haqiqiy muammo jamoa atrofida. Futboda kimdir yutadi yoki mag'lub bo'ladi. Agar siz yutqazdingizmi bilingki, raqib sizdan kuchli va bir bosh ustun.

Hozirda Gruziyada ham karantin. Butsalarimni mixga ilganman. Futbolchi vaqtida faoliyatini tugatishni bilishi lozim deb o'ylayman. O'zim uchun to'g'ri qarorni qabul qildim. O'zbekistondagi do'stlarimni, odamlarni sog'inaman. Lekin, bu tarixda qoldi”, - deydi gruziyalik futbolchi. 


Abdulaziz Iskandarov yozib oldi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика