So’nggi yangiliklar

08:48Sofascore. Захирадан майдонга тушган Ўринбоев энг катта баҳолардан бирини олди  0 08:30Суперлига. "Бунёдкор" — "Хоразм" 1:0   0 08:21Саудия Арабистонида Криштиану Роналдуга "Олтин бутса" топширилди  3 07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  6 01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  19 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  25 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  90 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1

Geynrix: "Raqibning kuchli va ojiz tomonlarini yaxshi bilamiz" Yangiliklar

Geynrix: "Raqibning kuchli va ojiz tomonlarini yaxshi bilamiz"

Jarohati tufayli O'zbekiston milliy terma jamoasining JCH-2018 ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi avvalgi ikki o'yinida ishtiroq eta olmagan Aleksandr Geynrix jarohatidan forig' bo'lib, yana terma jamoa yig'inlariga qo'shildi.

U bilan bo'lajak o'yin haqida qisqacha suhbat uyushtirdik. Milliy terma jamoa safida 84 o'yinda maydonga tushib, 29 golga mualliflik qilgan hujumchi bo'lajak o'yin bu yilgi eng muhim uchrashuv ekanini va unda O'zbekistonni faqat g'alaba qoniqtirishini aytib o'tdi.

“SHuni aytish mumkinki, o'yin qiyin bo'ladi. Bu - ushbu yil davomidagi eng muhim o'yin, deb ayta olaman. Jamoaga yaqinda kelib qo'shildim. Ammo raqib haqida hammamizda etarlicha malumot bor. Bizga elektron pochta orqali raqib borasidagi kerakli barcha malumotlar, video-lavhalar doimiy ravishda etkazilib turildi. Raqibning deyarli barcha futbolchisini alohida o'rganib chiqyapmiz. Yaqinda ularni ismlari bilan ham bemalol eslab qolamiz, menimcha. Ularning kuchli va ojiz tomonlarini ham bilib olganmiz. Nima bo'lganda ham, o'z o'yinimizni o'ynashimiz va kerakli natijani qo'lga kiritishimiz kerak. Bizni faqat g'alaba qoniqtiradi".

Qozog'istonning "Ordabasi" klubi safida faoliyat olib borayotgan Geynrix KXDRga qarshi dastlabki o'yinda ishtirok etmagani sababli, unda jamoaga aynan nima etishmagani haqida aniq fikr bildira olmasa-da, bu safar raqibga qiyin bo'lishi aytib o'tdi.

"O'tgan o'yinda nima etishmagani haqida bir narsa deyish, rosti, menga qiyin. CHunki unda murabbiy boshqa edi. Men ham jamoada yo'q edim. Lekin o'yinni videosini ko'rdim. Yigitlar bilan ham bu borada gaplashdim. Aytishlaricha,  maydon yomon bo'lgan. Suniy maydonda qiynalishgan. Uzoq parvoz ham tasir o'tkazgan. Mana endi, ular tashrif buyuradi va umid qilamanki, endi qiynalish navbati ularga etadi."

31 yoshli futbolchi muxlislarga murojaat qilib, jamoani qo'llab-quvvatlashga chaqirdi va futbolchilar ularni xursand qilish uchun bor imkoniyatlarini ishga solishlariga so'z berdi.

"Muxlislardan har doimgidek, jamoani qo'llab-quvvatlab turishlarini so'rayman. Ularni, umuman, butun mamlakatni xursand qilish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz”. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика