So’nggi yangiliklar

09:20Франческо Тотти ўзининг идеал футболчисини йиғди  0 08:43"Бавария" Мусиалани жамоада олиб қолиш учун ойлигини беш бараварга оширишга тайёр  1 08:08МЮ раҳбарлари тен Хаг борасида бир қарорга кела олишмади  6 07:33Салоҳ ва де Брюйне келаси мавсум жамоадош бўлишлари мумкин  1 02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  2 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  6 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  1 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  16 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  8 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  31 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0

Germaniyada nima gap? Yangiliklar

Germaniyada nima gap?

Germaniya chempionatining joriy mavsumi yakunlanishiga atiga 1 tur qoldi.

"Bavariya" jamoasi muddatidan avval chempionlikni hal etganidan xabaringiz bor. Kuni kecha esa "SHalke" ikkinchi o'rin masalasiga ham oydinlik kiritdi va vice-chempion bo'ldi. SHu tariqa jamoa kelasi mavsumda ECHLda o'ynash huquqini qo'lga kiritdi. Italiyalik yosh mutaxassis Domeniko Tedesko o'zining debyut mavsumidayoq gelzerkirxenliklarni uzoq tanaffusdan keyin nihoyat Evropa CHempionlar ligasiga qaytardi.

Bundesligada bronza medali sohibi, yani uchinchi o'rin taqdiri oxirgi turda malum bo'ladi. Hozircha Dortmundning "Borussiya" jamoasi 3 ochkolik farq bilan "Xoffenxaym" hamda "Bayer"dan oldinda turibdi. Keyingi turdagi durang yoki g'alaba "Borussiya"ga 3-o'rinni taqdim etadi.

ECHLga yo'llanma beradigan to'rtinchi pog'ona uchun kurash esa juda qizimoqda. So'nggi tur oldidan "Xoffenxaym" hamda "Bayer"da bir xil 52 ochkodan mavjud. Bu ikkala jamoalar 33-turda ochko yo'qotishdi. "Xoffenxaym" mag'lubiyatga uchragan bo'lsa, "Bayer" ECHL yo'llanmasi uchun raqiblik qilayotgan "Xoffenxaym"ning ushbu ochko yo'qotishidan unumli foydalana olmadi va durang o'ynab qo'ydi. Oxirgi turda "Bayer" "Gannover"ni qabul qilsa, "Xoffenxaym" uchinchi o'rinda borayotgan "Borussiya" Dortmund bilan o'z uyida kuch sinashadi.

Evrokuboklar, aniqrog'i Evropa ligasiga yo'llanma beruvchi o'rin uchun esa oxirgi turda "Leypcig" va "Ayntraxt" jamoalari kurashni yakunlab qo'yishadi. Hozircha bu jamoalar o'rtasidagi farq 1 ochkoni tashqil qilgan holda "Leypcig" foydasida.

Bundesliga. Turnir jadvali

Bundesligani tark etadigan jamoa nomi aniq - "Kyoln". "Volfsburg" hamda "Gamburg" esa o'tish o'yinida ishtirok etish yo'llanmasini beruvchi 16-o'rin uchun o'zaro kurashmoqda. Hozircha 2 ochkolik farq bilan "bo'rilar" "Gamburg"dan ko'ra yaxshiroq imkoniyatga egalar. "Volfsburg" so'nggi turda o'z maydonida Bundesligani allaqachon tark etgan "Kyoln"ni qabul qilsa, "Gamburg" Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi bilan orani ochiq qiladi.


Bundesliga qaysi jamoalar chiqadi?

Ikkinchi Bundesligada hozircha yana ikkita tur bor. "Fortuna Dyusseldorf" Bundesligaga yo'llanma beruvchi yo'llanma masalasini hal etgan. Fridxelm Funkel "Fortuna Dyusseldorf"ni Ikkinchi Bundesligadan yuqori elatiga qaytara oldi.

Bu jamoa 2012/2013 Bundesligada ishtirok etgan va o'sha mavsum yakuniga ko'ra yana Ikkinchi Bundesligaga ravona bo'lgandi. "Fortuna Dyusseldorf" nihoyat 4 yillik tanaffusdan keyin Bundesligada o'ynash baxtiga muyassar bo'ldi.

Ikkinchi Bundesligada "Nyurnberg" chempionat yakunlanishiga 2 tur qolganida 57 ochko bilan deyarli ikkinchi yo'llanmaga ega chiqish uchun juda yaqin turibdi. Bu jamoaga Bundesligaga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma beradigan o'rin uchun "Xolshtayn Kil" raqiblik qilmoqda. 32-turdan keyin "Nyurnberg" 57 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda, "Xolshtayn Kil" esa 52 ochko to'plagan holda uchinchi pog'onani egallab turibdi.

"Arminiya", "Boxum" va "Yan Regensburg" jamoalarida esa 47 ochko mavjud va ularda uchinchi o'ringa ilashish uchun nazariy jihatdan imkoniyat saqlanib turibdi. Ammo buni uddalash juda mushkul vazifa.

Germaniya futbolida o'z nomiga va mavqeiga ega jamoa - "Kayzerslautern" Ikkinchi Bundesligadan ham tushib ketdi. Katta tarixga ega klub 32-turdan keyin 29 ochko to'plagan holda so'nggi 18-o'rinni egallab turibdi.

Eslatma: Bundesligada 18 va 17-o'rinlarni egallab turgan jamoalar to'g'ri Ikkinchi Bundesligaga tushib ketsa, 16-pog'onadagi jamoa o'tish o'yini orqali Ikkinchi Bundesligada 3-o'rin sohibi bilan bellashadi. G'olib jamoa Bundesligada qoladi.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика