So’nggi yangiliklar

09:17Пролига ҳам қайтмоқда. 11-турнинг расмийлари маълум  0 08:46Opta АПЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини эълон қилди  1 08:15Суперлига. Бугун иккита учрашув бор  5 07:41Месси майдонга тушманган баҳсда Суарес бош қаҳрамонга айланди  3 07:15Суперлига. "Динамо" сафарда камбэк амалга оширди, "Навбаҳор" эса ўз майдонида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  0 00:50U-20 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Баҳрайнни ўта йирик ҳисобда таслим қилди  0 00:42Отабек Нарзуллаев: "Бугун айниқса ҳимояда кўп хато қилдик"  4 00:25Вадим Абрамов : "Ғалабадан хурсандман, лекин бундай ўйнаш керак эмас"  4 23:31"Милан" "Брюгге"дан салкам 40 млнлик трансферни амалга оширди  0 23:25Сергей Лушчан: "Тенг кучли жамоалар кураши гувоҳи бўлдик"  4 23:15Расман: Томас Мюллер Канада клуби сафига бориб қўшилди  0 22:50Иван Бошкович: "Асосийси жамоамизда ўйин бор"  2 22:25"Бавария" Emirates билан 7 йиллик шартнома имзолади  0 22:00Суперлига. Дарвозаларга 6 та гол урилган оқшомда "Динамо" камбэк эвазига "Машъал"дан устун келди   29 21:30"Челси" ўз ярим ҳимоячисини таҳминан 30 млн фунтга сотди  0

Germaniya gazetasi: "Kelib chiqishi o'zbekistonlik futbolchi "Ayntraxt"ning etakchisi" Yangiliklar

Germaniya gazetasi: "Kelib chiqishi o'zbekistonlik futbolchi "Ayntraxt"ning etakchisi"

Germaniyaning "Braunshveyger caytung" nashri kelib chiqishi o'zbekistonlik bo'lgan Manuel Yancerga atab maqola tayyorladi.

"Manuel Yancerni "Ayntraxt"ning asosiy futbolchilaridan biri deb atash mumkin"- deb yozadi nashr. "Qishki tanaffusdan so'ng uning sheriklari ham yaxshi o'ynamoqda, Manuel esa ayniqsa ajoyib o'yin namoyish etmoqda. 27 yoshli hujumkor futbolchining ajoyib sport formasi unga "Proysen Myunster" bilan o'yinda hal qiluvchi golga pas berish imkonini hamda "KFK Urdingen 05"ga qarshi uchrashuvda esa gol urdi. "Meppen" va "Lotte" bilan o'yinlarda esa penalti ishladi.


Kelib chiqishi o'zbekistonlik bo'lgan futbolchi Germaniyada gol urdi


"Men yaxshi formaga kirib oldim va bundan keyin yanada yaxshi o'ynayman deb o'ylayman. Qishki tanaffusdan so'ng biz butkul boshqa jamoaga aylandik. Bu maydonda ham sezilmoqda. Buni har bir futbolchimiz tushunib turibdi. Jamoada guruhbozlik yo'q. Aynan shu muvaffaqiyatlarimizning kalitidir. Ko'plab futbolchilar natijani o'ylamay ajoyib o'ynashmoqda. Barcha bir maqsadni o'ylamoqda - 3-ligada jon saqlab qolish" - deydi Yancer.

So'nggi o'yinlardan birida "Ayntraxt" Aalenda o'ynadi va bu bahs Yancer uchun muhim ahamiyat kasb etdi.

"Men Aalenda tug'ilib katta bo'ldim. Ota-onam va yaqinlarim o'sha erda yashashadi. O'sha o'yin uchun tanishlarimga 15ta chipta berdim, ammo hammaga ham etmadi" - kuladi Manuel. Bu o'yinda "Ayntraxt" 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Yancer bu bahsda gol ura olmagan bo'lsa ham g'alabadan xursand edi. "Umuman olganda kim gol urishining farqi yo'q, asosiy " - dedi Yancer uchrashuvdan so'ng.


Miron Goyxmann tayyorladi


Reyting: -48   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика