So’nggi yangiliklar

15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  0 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  2 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  3 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  23

Germaniya futboli matbuoti haqida Yangiliklar

Germaniya futboli matbuoti haqida

Germaniya futboli matbuotidagi eng oldi, mashhur va ishonarli xabarlar hamda tahliliy nashrlari bilan tanishtirib o'tamiz.

"Sport Bild"/Kristian Falk - Mazkur nashr va ushbu jurnalist Germaniya terma jamoasi va "Bavariya" haqidagi xabarlarni birinchilardan bo'lib elon qiladi. Falkning Myunxen klubi bilan aloqasi mavjud. SHuningdek, Falk "Bavariya"da hurmatga loyiq jurnalist va klub rahbariyati bilan ham gaplashib turadi. SHu boisdan ham Falk va "Sport Bild" nashri Germaniya terma jamoasi va "Bavariya" haqidagi malumotlarni berishda eng ishonarli manba hisoblanadi.


"Bild" - Futbol haqidagi xabarlarni tarqatishda ancha faol va ishonarli manba. Ushbu nashrning malumotlari asosan to'g'ri chiqadi. Ko'pgina hollarda transfer yangiliklarini birinchilardan bo'lib elon qiladi. Oddiy misol, Tomas Tuxelni barcha "Arsenal" bilan bog'layotgan bir paytda aynan "Bild" uni PSJga o'tayotganini birinchi bo'lib yozgandi.


"Kicker" - Mazkur nashr har doim ishonchli manba bo'lgan. Ammo oxirgi yillarda ularni ko'pincha "Sport Bild" va "Bild" quvib o'tmoqda.


"Sport1" - Bu saytda asosan qiziqarli intervyular chop etiladi. Transfer xabarlari yoki "qaynoq" yangiliklari kam-kam chop etiladi. Bu saytni yangiliklar borasida ishonchli manba deb bo'lmaydi.


"Sky Deutschland" - Bu nashrdagi alohida muxbirlar kolonkasini kuzatish nisbatan qiziqarli. Masalan, Dirk SHlarmaan yoki Torben Xoffmann etakchi jamoalarning mashg'ulotlaridan qiziqarli reportajlarni uyushtirishadi. SHuningdek, aynan quyidagi jurnalistlar jarohatlar yoki jamoaga kelib qo'shiladigan futbolchilar haqida birinchilardan bo'lib malumot tarqatishadi.


"Die Welt", "Süddeutsche Zeitung", "Der Spiegel" - Bu saytlarning tahliliy materiallari, maqolalari va intervyulari ancha yaxshi. Agarda nemischani bilsangiz, ushbu saytlarni kuzatib borishingizni maslahat beramiz.


"11 Freunde" - Germaniyadagi eng ajoyib jurnallardan biri. Agarda sizda til bilan muammo bo'lmasa va nemis futboli madaniyati haqida bilishni istasangiz, unda mazkur jurnalni o'qishni tavsiya etamiz.


"DW Sports" - Ushbu nemis nashrining ingliz tilidagi akkauntini kuzatib borish qiziq. Matbuot anjumanlarini to'liq shaklda yoritish, Germaniya futbolidagi yangiliklar berishda ancha faol. Nemis futbolidagi befarq bo'lmagan va ingliz tilini biladiganlar uchun "DW Sports" - ajoyib nashr.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика