Gayya "Real" va "Arsenal"ga o'tishdan bosh tortdi
11 fev 2021 14:07
Yangiliklar
Gayya "Real" va "Arsenal"ga o'tishdan bosh tortdi
Ispaniyalik futbolchi hozirgi klubida qolishga yoki Kataloniya poytaxtiga yo'l olishga tayyor.
"Valensiya" himoyachisi Xose Gayya qishda klubdan ketishni rad etdi. 25 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun "Arsenal" va "Real" klublari davogarlik qilishgan edi, ammo o'yinchi jamoasini almashtirishni xohlamadi.
Gayya faoliyatini davom ettirish uchun ikkita variantni ko'rmoqda: birinchisi - "Valensiya"da qolish va u bilan faoliyati davomida oxirigacha birga bo'lish, ikkinchisi - Jordi Alba yo'lidan borish uchun "Barselona"ga yo'l olish. Kataloniyaliklar ham transferi 20 mln evroga tushadigan futbolchiga befarq emaslar.
Futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 19ta o'yinda maydonga tushib, 4ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar