So’nggi yangiliklar

19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  0 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  7 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  4 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  2 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  2 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  4 16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  4 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  1 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  5 14:55Элит ОЧЛ. Мавсумнинг охирги ўйини қандай тугайди?  4 14:38Озарбайжон клуби "Машъал" футболчисига қизиқмоқда  0 14:21Ўзбекистон Канада билан ўйнайди  11

Gattuzo 2 nafar futbolchisini mashg'ulotlardan chetlatdi Yangiliklar

Gattuzo 2 nafar futbolchisini mashg'ulotlardan chetlatdi

“Napoli” bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo Italiya A seriyasi 7-turida “Bolonya” (1:0) ustidan qozonilgan g'alaba haqida gapirarkan, uchrashuv qaydnomasidan o'rin olmagan ikki futbolchi Mario Ruy va Fauzi Gulyam haqida to'xtaldi.

“Ular tribunada qolishdi, chunki kechagi mashg'ulotlarda ular sovqotib qolishdi. SHunga qaramay men ularni o'zimiz bilan birga olib keldim, chunki ularni uyida qoldirib, divanda kino ko'rib o'tirishlariga qo'yib berish ham yaxshimas”, deya Gattuzoning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Football Italia. 

“Bolonya”ga qarshi bahs haqida esa murabbiy shunday dedi: “Hozir menga Skudetto yo'lida raqiblarni osonlik bilan engayotganligimiz haqidagi suhbatlar yoqmaydi. Hamma o'zini bosvolishi kerak. Albatta bizda kuchli jamoa bor. Ammo jamoani kuchi mavsumning yarmi bilan o'lchanmaydi.

Hozir ko'pchilik insonlar menga qanday ishlashim kerakligini o'rgatmoqchi bo'lishadi. Ilgari ular men 4-3-2-1 sxemasida o'ynamaganligimdan nolishgandi, so'ngra ular 4-3-3 sxemasida harakat qilish kerakligimizni istashdi. Bu mening javobgarligim va qarorlarni men qabul qilaman”.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика