Gasperini "Barselona" haqida: "Bu futbolning cho'qqisi"
29 jan 14:18
Yangiliklar
Gasperini "Barselona" haqida: "Bu futbolning cho'qqisi"
Kataloniyada "Atalanta" jamoasi "Barselona" mehmoni bo'ladi. Ana shu o'yin oldidan bergamoliklar bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini fikrlarini bildirib o'tdi.
"Barselona"dek jamoaga qarshi bahs biz uchun oddiy o'yin emas. Agar g'alaba qozona olsak, dunyoning eng kuchli jamoalaridan birini mag'lub etgan bo'lamiz.
Maqsadimiz kuchli sakkizlikka kirish. Umuman olganda, men o'yinimizdan mamnunman. Bizda "Real" va "Arsenal" bilan juda qiyin taqvim bor edi.
O'ylaymanki, durang bizni qoniqtiradi. Men uchun "Barselona"ga qarshi kuchimizni o'lchash va haqiqiy darajamizni ko'rish muhimroq.
Ilgari "Barsa"da nafaqat Messi, balki boshqa futbolchilar ham etakchi edi. Flik ajoyib jamoa tuzdi. "Barselona" har doim yaxshi o'ynaydi, ularda yosh iqtidorlar bor. Barcha futbolchilar va tez va texnikasi yuqori.
"Barselona" doimo aql bovar qilmas istedodlarni etishtirmoqda, bu futbolning cho'qqisi", - dedi "Atalanta" ustozi Gasperini.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar