Gari Nevill Azar haqida: "Real" va "Barselona" yana APLning eng yaxshilarini ilib ketyapti"
09 apr 2019 18:14
Yangiliklar
Gari Nevill Azar haqida: "Real" va "Barselona" yana APLning eng yaxshilarini ilib ketyapti"
"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Gari Nevill "CHelsi" hamda "Vest Xem" o'rtasidagi APLning 33-tur uchrashuvi (2:0) haqida fikr bildirdi.
"Bu bahsda "CHelsi" o'zining eng yaxshi o'yinini ko'rsatdi. "Aristokratlar" safida jahon darajasidagi futbolchi to'p tepmoqda. Birinchi gol uzoq vaqt esda qoladi. Ikkinchisi oddiyroq. Biroq bu gollarga qarab biroz xafa bo'ldim, chunki so'nggi haftada Azar va "Real" haqidagi mish-mishlar yodimga tushdi. Xabarlar paydo bo'lsa, bu Azarning Premer-ligadagi so'nggi mavsumi deb o'ylayveraman. Bu Angliya chempionatining katta muammosi. "Real" va "Barselona" yana APLning eng yaxshilarini ilib ketyapti" - deydi Nevill.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar