So’nggi yangiliklar

14:55"Ливерпуль" "Реал" қизиқишларига қарамай, Конате билан шартномани узайтирмоқчи  0 14:26"Барселона"нинг ЕЧЛ доирасидаги навбатдаги уй учрашуви қаерда ўтиши маълум  0 13:54"Нефтчи" Абдураимов ва Иванков билан бир ҳафта ичида ҳисоб-китоб қилиши лозим — ПФЛ  4 13:38Ла Лига президенти "Манчестер Сити"ни қаллобликда айблади  1 13:11"Манчестер Юнайтед" 17 ёшли колумбиялик истеъдодни сафига қўшиб олмоқчи  3 12:44Трамп Эрон вакилларининг ЖЧ қуръасида қатнашишига тўсқинлик қилмоқда  5 12:15Жамолиддин Раҳматуллаев: "U-20 Жаҳон чемпионатининг Озарбайжон ва Ўзбекистонга берилиши катта мотивациядир"   1 11:53Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Тошкентда Озарбайжон билан ўртоқлик учрашуви ўтказади  2 11:20Каннаваро мураббий сифатида Ўзбекистонга ютқазган ўйинни ёдга оламиз  22 11:06Зидан Жазоир термаси учун ўйнаши мумкин  0 10:38"Кристал Пэлас" ўз рекордини ўрнатди  1 10:08"Шўртан"ни янги мураббий бошқаради  9 09:49Тожикистон терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди  6 09:39Мадрид клублари МЮ хавбеки учун курашади  0 09:09Флик ваъда берди  18

"Gannover" - "Borussiya M" va Evropadagi bugungi o'yinlar haqida Yangiliklar

"Gannover" - "Borussiya M" va Evropadagi bugungi o'yinlar haqida

Bugun Evropaning qator milliy chempionatlarda navbatdagi tur o'yinlari start oladi.

Franciya chempionatining 34-turining ilk uchrashuvi "Lion" va "Nicca" klublari o'rtasida bo'lib o'tadi. PSJ chempionlikni qo'lga kiritib bo'lgach 55 ochkoga ega "Lion" kumush medal uchun kurashni davom ettirmoqda. "Nicca" hisobida esa 53 ochko mavjud. Bu bahsni ikkilanmay turning markaziy bahsi deb atasak bo'laveradi.

Franciya chempionati. 34-tur
23:30 - "Lion" - "Nicca"


 

Germaniya bundesliganing 30-turi "Gannover" hamda Menxengladbaxning "Borussiya" klublari o'rtasidagi o'yin bilan start oladi. 29ta o'yindan 18 ochko to'plagan "Gannover" chempionatda so'nggi o'rinni band etib turibdi. Jamoa bu yil bundesligani tark etish ehtimoli 95 foizga teng. "Borussiya"ning holati anchagina yaxshi. Jamoa keyingi yil ham Evropa chempionlar ligasida qatnashish uchun kurashni davom ettirmoqda. Andre SHubert boshchiligidagi "Borussiya" 45 ochko to'plagan holda to'rtinchi o'rindagi "Bayer"dan 3 ochkoga ortda qolmoqda.

Germaniya bundesligasi. 30-tur
23:30 - "Gannover" - "Borussiya M"


Rossiya premer-ligasida bugun 24-tur boshlanadi. Dastlabki o'yinda "Mordoviya" va "Amkar" klublari to'qnash kelishadi. Maydon egalari 16 ochko bilan musobaqa jadvalining eng so'nggi 16-pog'onasini band etib turishibdi. Gadji Gadjiev boshchiligidagi "Amkar" esa 25 ochko bilan 10-o'rinni egallagan.

Rossiya premer-ligasi. 24-tur
21:00 - "Mordoviya" - "Amkar"


Ispaniya primerosining 33-turi "Levante" va "Espanol" o'rtasidagi uchrashuv bilan ochiladi. musobaqa jadvalining eng so'nggi pog'onasini egallab turgan mezbonlar 15-o'rindagi "Espanol"ga qarshi maydonga tushishadi. Bu jamoalarning chempionat doirasidagi oxirgi ikki o'yini durang natija bilan yakuniga etgan.

Ispaniya primerosi. 33-tur
23:30 - "Levante" - "Espanol"


Gollandiya chempionatining tugashiga 4ta tur qolmoqda. 31-turning ilk uchrashuvi "De Grafsxap" va "Tvente" o'rtasida bo'lib o'tadi. Mezbonlar 18 ochko bilan 18 jamoa orasida 17-o'rinda borishmoqda. 2010 yilgi mamlakat chempioni "Tvente" klubi 35 ochko bilan 13-pog'onani egallab turibdi.

Gollandiya eredivizioni. 31-tur
23:00 - "De Grafsxap" - "Tvente"


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика