Galte mag'lubiyatdan so'ng: "Javob o'yinidan umidimiz katta edi"
09 mar 2023 09:49
Yangiliklar
Galte mag'lubiyatdan so'ng: "Javob o'yinidan umidimiz katta edi"
PSJ bosh murabbiyi Kristof Galte "Bavariya"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng (0:2) o'z fikrlarini bildirdi.
"Biz tashabbusga ega bo'lgan paytda qanday gol urish kerakligini tushunmay qoldik. Birinchi bo'limni yaxshi o'tkazdik, vaziyatlar yaratdik. Raqib bilan teng darajada o'ynay oldik.
Ammo ikkinchi bo'limda ahmoqona gol o'tkazib yubordik. Bunday darajadagi bahslarda etiborli bo'lish lozim.
Albatta "Bavariya"ning bosimi haqida bilardik. Bu o'yin saboq bo'lishi kerakmi yoki yo'qmi, bilmayman. Ammo afsuslanish bor. Agar hisobni biz ochganimizda, o'yin boshqacharoq kechardi. Javob o'yinidan umidimiz katta edi.
Klubdagi kelajagim haqida gapirishga hali erta. Barchasi rahbariyatga bog'liq.
Klub ushbu turnirga katta etibor qaratgandi. Men mavsumning so'nggi qismini barqaror o'tkazishga asosiy etiborni qarataman", - dedi Galte.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar