So’nggi yangiliklar

10:49"Челси" футболчиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  0 10:27Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи Чехия клубида амалиёт ўтайди  0 10:17Гарначо келажаги борасида бир қарорга келди  0 09:45"Рома"нинг янги футболчиси илк машғулотда жароҳат олди  0 09:17"Манчестер Сити"нинг яна бир футболчиси ёзда жамоани тарк этади  1 08:50"Ливерпуль" асосан захирада қолиб кетаётган футболчисини 50 миллионга сотишга яқин  1 08:22Here we go. "Арсенал" "Тоттенхем" билан деярли шартнома имзолаган футболчини илиб кетди  4 07:55Суперлига. "Динамо" ва "Навбаҳор" сўнгги сонияларда ғалабани қўлдан чиқарди  2 07:53"Интер Майами" Лига кубогининг ярим финалига йўл олди  1 07:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор  9 02:11ЕЧЛ саралаши. "Қайрат" сўнгги босқичнинг илк баҳсида "Селтик" билан дуранг ўйнади. Барчаси Олмаотада ҳал бўлади  8 01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  5 00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  2 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  1 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  16

Gadji Gadjiev: “Bunyodkor” yaxshi taassurot qoldirdi”. VIDEO Yangiliklar

Gadji Gadjiev: “Bunyodkor” yaxshi taassurot qoldirdi”. VIDEO

“Bunyodkor” – “Amkar” (1:1) uchrashuvidan so'ng permliklar bosh murabbiyi Gadji Gadjievning fikrlari bilan qiziqdik.

- Aniq yili esimda yo'q, lekin “Bunyodkor”ning Toshkentdagi qaysidir uchrashuvida ishtirok etgandim. O'shanda yangi stadion qurilishi loyihalashtirilayotganini ko'rgandim. Oradan qancha vaqt o'tgan bo'lsa ham, “Bunyodkor” o'z saviyasini saqlab qolgan. Bugungi bahsda toshkentliklar menda yaxshi taassurot qoldirishdi. Jamoa yosh va yaxshi shakllangan bo'lib, tartibli o'yin namoyish etmoqda. Tarkibda texnikasi yuqori bo'lgan futbolchilar harakat qilishyapti. Bizda bo'ydor futbolchilar ko'p bo'lishiga qaramasdan “Bunyodkor” ikkinchi qavatda deyarli engilgani yo'q. Zaxiradan tushgan futbolchilarning ham harakatlari chakki emas. Biz malum tanaffusdan keyin endi mashg'ulotlarni boshladik. Hali tayyorgarligimiz yuqori cho'qqisiga chiqqani yo'q. O'zbekistonda do'stlari bor. Masalan, Mirjalol Qosimovni juda yaxshi eslayman. Sobiq Ittifoq yoshlar terma jamoasida ishlagan davrimda u qo'l ostimda o'ynagan. O'zbekiston terma jamoasi Osiyoda yomon ishtirok etmayapti. Jamoaning keyingi faoliyatiga omadlar tilab qolaman, - deydi “Amkar” jamoasi bosh murabbiyi Gadji Muslimovich.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика