Futzal. Xolbek Yo'ldoshev: “Jamoani saqlab qolish uchun homiy kerak”
14 apr 2014 19:23
Yangiliklar

Futzal. Xolbek Yo'ldoshev: “Jamoani saqlab qolish uchun homiy kerak”
Qarshining "Do'stlik-AIN" jamoasi futzal bo'yicha joriy mavsumda uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi.
Klubning chempionatda ilk marotaba qatnashganini inobatga oladigan bo'lsak, bu juda yaxshi ko'rsatkich. "Do'stlik-AIN" haqida batafsil malumotga ega bo'lish maqsadida jamoa bosh murabbiyi Xolbek Yo'ldoshev bilan bog'landik.
- Dastlab jamoaning qanday tuzilgani haqida malumot bersangiz?
- Hozir Qashqadaryoda sportni rivojlantirishga juda katta etibor qaratilmoqda. Viloyatda ko'plab suniy qoplamali maydonlar qurilmoqda. Biz ana shu maydonlarda to'p tepadigan yigitlardan eng yaxshilarini saralab olib jamoa tuzishga qaror qildik va bu jamoaning nomini "Do'stlik" deb nomladik. Bunday nomlashimizning birinchi sababi, bir necha yillar avval oliy ligada Toshkent viloyatining "Do'stlik" jamoasi bo'lardi, ana shu klub chempionatda yaxshi taasurot qoldirgan, hatto ikki bor mamlakat chempioni ham bo'lgandi. SHu klubga havas qilib shunday nomlaganmiz. Ikkinchi sababi esa jamoa o'yinchilari o'zaro juda inoq, ichki muhit alo darajada. SHuning uchun ham, "Do'stlik" deb qo'yganmiz.
SHu tariqa, jamoa 2013 yilda tashkil etilgan. Klub dastlab plyaj futboli bo'yicha O'zbekiston kubogida ishtirok etgan. Birinchi yilni o'zida kubokni qo'lga kiritganmiz. Keyin u erdan Toshkentga mini futbol bo'yicha havaskorlar o'rtasidagi associaciya kubogida qatnashish uchun keldik. Ushbu kubokda munosib ishtirok etib, faxrli uchinchi o'rinni egalladik. Musobaqadan keyin O'zbekiston futzal federaciyasi birinchi vice-prezidenti Muxtor aka Hoshimov bilan maslahatlashib jamoaning kuchini mini futbol bo'yicha oliy liga baxslarida sinab ko'rishga qaror qildik.
O'zining debyut mavsumida jamoa juda ko'p qiyinchiliklarga duch kelganiga qaramay ikkinchi pog'onani band etdi.
- Klubning bazasi bormi?
- Afsuski, jamoamizning eng katta muammosi bazaning yo'qligi. Hatto, o'quv-mashg'ulotlar o'tkazish uchun zal ham yo'q. Suniy qoplamali maydonlarda mashg'ulot o'tkazamiz, o'shanda ham qaysi biri bo'sh bo'lsa, o'shanisida o'tkaziladi mashg'ulot.
Bu muammolarning asosiy sababi homiylar yo'qligida, shu kungacha klubning barcha harajatlarini o'z hisobimdan ko'tarib keldim. Agar yuqori tashkilotlar yoki korxonalar jamoamizga homiylik qilsalar keyingi yil chempion bo'lishga harakat qilgan bo'lardik. Bu yil kubokda ham, chempionatda ham finalga chiqdik. Lekin, ana shu ikki final o'yinidan oldin yigitlarda ruxiy jihatdan sinish kuzatildi. Buning asosiy sababi esa viloyatda finalga chiqqanimiz bilan tabriklab, bizga ruhiy dalda bo'ladigan inson topilmadi. Hech kim hatto eslamadi ham. Bu esa butun mavsum ter to'kib debyut mavsumidayoq hal qiluvchi pallagacha etib kela olgan o'yinchilarni ruhan sindirib qo'ygandek bo'ldi.
Bazida shuncha qilingan mexnatga achinib ketaman. Finaldagi uchrashuvlarda qo'ldan kelgancha harakat qildik, lekin biroz kuchimiz etmadi. Kumush medallar ham yomon natija emas, qancha jamoalar kumush medalni orzu qilishadi. Mana kumush medallar bilan Qashqadaryoga qaytganimizga ancha bo'ldi. Afsuski, haligacha biron kishi na tabriklamadi, na raxmat aytmadi.
Jamoaning tarqalib ketishini istamayman, shuning uchun ham homiylik qilish istagini bildiradigan tashkilot topiladi deb umid qilaman.
- Milliy terma jamoaga kimlar chaqirildi?
- Milliy terma jamoaga darvozabonimiz Akmal Xazratqulov va hujumchi Alisher Ibragimovlar chaqirilishgan. Bugungi kunda ular terma jamoa bilan Toshkentda yig'in o'tkazishmoqda.
Bu yilgi chempionatda eng yaxshi murabbiy nominaciyasida g'olib bo'lsam kerak deb o'ylagandim. Har holda birinchi yilni o'zidayoq ham kubokda, ham chempionatda finalga qadar etib keldik. Lekin, eng muhimi ko'rsatgan natijalarimizdan ko'nglim to'ldi.
- O'yinchilaringizga boshqa jamoalardan takliflar bormi?
- Albatta. Darvozabon Akmal Xazratqulov, himoyachi Jasur O'runov hamda hujumchi Alisher Ibragimovlarga boshqa jamoalardan takliflar tushmoqda.
Tolibjon Qosimov suhbatlashdi

Fikrlar