Futzal. Xolbek Yo'ldoshev: "Finalga chiqqanimizdan faxrlanaman"
19 mar 2014 20:00
Yangiliklar

Futzal. Xolbek Yo'ldoshev: "Finalga chiqqanimizdan faxrlanaman"
Futzal bo'yicha XVIII O'zbekiston milliy chempionatining finaliga yo'l olgan Qarshining "Do'stlik-AIN" jamoasi bosh murabbiyi Xolbek Yo'ldoshev o'zining yarim final haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Bugun muhlislar juda yaxshi o'yin guvohiga aylanishdi. Andijonliklar bizga jiddiy qarshilik ko'rsatishdi. Har ikkala jamoa ham yarim finalga munosib ekanligini isbotladi.
- Birinchi kungi mag'lubiyatni qanday izog'laysiz?
- Yarim finalning dastlabki bahsida asosiy darvozabonimiz Akmal Xazratqulov diskvalifikaciya tufayli o'ynay olmagan edi. SHuning uchun ham birinchi kungi o'yinda yutqazib qo'ygan edik. Lekin, keyingi ikki uchrashuvda shogirdlarim raqibdan har jabhada kuchli ekanliklarini isbotlashdi.
O'zbekiston chempionatida birinchi yil qatnashayotganimizga qaramasdan finalga chiqqanimizdan faxrlanaman. Bundan tashqari, kubok bellashuvlarida ham finalga yo'llanmani qo'lga kiritdik.

Fikrlar