So’nggi yangiliklar

22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  0 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  4 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  3 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  32 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  4 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  43 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  3 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  6 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  5 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  14 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  25

Futzal. Vetnam-2014. O'zbekiston yarim finalda Yangiliklar

Futzal. Vetnam-2014. O'zbekiston yarim finalda

Vetnam-2014 chorak finali doirasida O'zbekiston hamda Livan terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi.
Livanni 6:2 hisobida mag'lub etgan terma jamoamiz yarim finalga yo'l oldi. Final ostonasida bizga Eron-Vetnam bahsi g'olibi raqiblik qiladi.

O'zbekiston - Livan
6:2

Gollar: Andrey SHlema 10, Dilshod Raxmatov 25, 32, SHuhrat Tojiboev 26, Farxod Abdumavlonov 30, Artur Yunusov 30 - Ahmad El-Din 38, Mustafa Serhan 40

O'zbekiston: (boshlang'ich tarkib) 1.Rustam Umarov, 2.Umid Xolmatov, 4.SHuhrat Tojiboev, 8.Farxod Abdumavlonov, 11.Artur Yunusov.

Zaxiradan o'yinga qo'shiladiganlar: 3.Javlon Anorov, 5.Maqsud Fayzullaev, 6.Davron Abdurahmonov, 7.Dilshod Raxmatov, 9.Andrey SHlema, 13.Davron CHoriev, 14.Azam Saidaxmatov, 12.Klim Tyugaev.

Livan: (boshlang'ich tarkib) 16.Tarek Tabboush, 5.Ahmad El-Din, 3.Karim Abu Zeid, 9.Muhammad Kobeissiy, 15.Ali Daer.

Zaxiradan o'yinga qo'shiladiganlar: 1.Hussein Hamadani, 4.Muhammad Osman, 2.Kassem Ezzedin, 7.Hassan Zeitoun, 6.Ali Rmaiti, 12.Muhammad El-Haj, 14.Mustafa Serhan, 13.Boutros Zahia.

Ogohlantirishlar: Dilshod Raxmatov 20 - Mustafa Serhan 26


MATNLI TRANSLYACIYA

Livan ham gol urdi, quruq bo'lmasin deyishdi.

33' Livanliklar shokda, ular o'yindagi bunday burilishni kutishmagandi. Kusto hayratda.

O'zbekiston terma jamoasi yarim final yo'llanmasini deyarli naqd qilib qo'ydi.

32' Gooooooooolllll, Dilshod Raxmatovdan dubl.

31' Goooooooollll, "Qirol Artur" o'z zarbasi bilan Livanni nokautga uchratdi, 5:0.

30' Gooooooooollll, Abdumavlonovvvv, 4:0.

Terma jamoamiz sardori hisobni yiriklashtirdi, endi hotirjamlikka berilmaslik zarur.

26' Goooooooolllll!!! SHuhrat Tojiboev, 3:0.

25' Gooooooollll!!! Dilshod Raxmatov, 2:0.

Ikkinchi bo'lim boshlandi. Futzalchilarimizga omad tilab qolamiz.

Birinchi bo'lim tugadi.

17' Dilshod Raxmatov va Davron CHorievlar yo'q joydan vaziyat yaratishdi, afsuski yakun etishmadi.

14' Livan to'pni o'zida saqlab turibdi, biznikilar esa himoyalanishmoqda.

13' SHuhrat Tojiboev birga bir imkoniyatdan foydalana olmadi.

12' Livan futzalchilarimizni o'z darvozalari atrofida siqib qo'ydi.

11' Raqiblarimiz chiroyli hujum tashkil etishdi, Rustam Umarovga tasanno!

CHempionatimizning amaldagi to'purari uchrashuvda hisobni ochdi.

10' Goooooooolllllll, Andrey SHlemaaaaa, 1:0.

O'yin boks jangini yodga solmoqda, ketma-ket zarbalar.

7' Jamoalar ehtiyotkor futbolni unutishdi, buyog'i ochiq futbol bo'lmoqda.

3' Har ikki jamoa ham o'yinni ehtiyotkorlik bilan boshlashdi, to'pni nazorat qilishga urinishmoqda.

O'yin boshlandi.

Jamoalar hozir o'yinoldi chigalyozdi mashqlarini bajarishmoqda.

O'yin 16:30 da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика