So’nggi yangiliklar

16:18"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  2 16:02Про лига. "ФарДУ" "Жайхун" билан баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  1 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0 14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0 14:09Кореядаги учрашув Танташевга ишониб топширилди  4 13:49Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди  0 13:28"Ал Ҳилол" легионери ўзини камситилган деб ҳисоблади ва шартномани бир томонлама бекор қилди  5 13:00Энзо Мийо: "Чемпионлик унвонини ҳимоя қилиш учун катта босимга дуч келамиз"  0 12:33Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади  0 12:21Шомуродовнинг собиқ клубдоши, Африка қитъасининг энг яхши футболчиси, 2021 йил дунёнинг энг яхши дарвозабони. Бугун "Насаф"га қарши кимлар ўйнайди?   22 11:55Ўзбекистон аёллар терма жамоаси 16 сентябрдан йиғинга киришади  0

Futzal. "Tashkent Cup-2014". Ozarbayjondan irodali g'alaba + FOTO Yangiliklar

Futzal. "Tashkent Cup-2014". Ozarbayjondan irodali g'alaba + FOTO

"Tashkent Cup-2014" xalqaro turnirining ikkinchi kungi bellashuvlariga start berildi.
Parketda Ozarbayjon va Belarus terma jamoalari kuch sinashishdi.


Ozarbayjon - Belarus 2:1
Gollar
: R.Farajzade 35, N.Mammadkarimov 36 - A.CHernik 27

Ozarbayjon: 1.Jiovanni Buranello, 8.Rizvan Farzaliev, 7.Rajab Farajzade, 11.Namid Mammadkarimov, 14.Vitaliy Borisov, 2.Samir Xamzaev, 4.Ramiz CHovdarov, 6.Borjes Eduardo, 9.Amadeu Da Silva, 10.Fimeo De Aranjo, 12.Rovshan Xuseynli, 15.Xatai Bajxirov, 17.Isa Afaev.

Belarus: 1.Artur Navoichik, 4.Dmitriy Los, 5.Aleksandr CHernik, 8.Yuriy Aleinikau, 9.Alen Harbenko, 2.Aleksandr Alshevski, 3.Mixail Haroshka, 6.Vadzim Lushkovski, 7.Dmitriy Hancharou, 10. Yauheni CHarneika, 11.Konstantin Kuskov, 13.Ruslan Lazivk, 14.Aleksey Papov, 16.Vladzimir Stramilav.



                                    MATNLI TRANSLYACIYA
                                             YANGILASH

O'yin tugadi, Ozarbayjondan irodali g'alabaga erishdi.

40. O'yin tempi juda baland.

36. Goooool, 2:1. Namid Mammadkarimov jamoasini oldinga olib chiqmoqda.

35. Goooool, 1:1. Rajab Farajzade hisobni tenglashtirdi. Bu safar Artur ham jamoasiga yordam bera olmadi.

34. Navoichikdan aql bovar qilmas ikkita seyv.

33. Ozarbayjon bosh murabbiyi Faustino taym aut oldi.

31. O'yin ancha qizib ketdi, Ozarbayjon hujumlar sonini oshirdi.

27. Goooool, Belaruslar gol urishdi, 0:1. Jamoa sardori Aleksandr CHernik hisobni ochdi.

27. Amadeu kichik jarohat oldi, boshdan engil jarohat.

25. Samir Xamzaevda qulay imkoniyat bo'lgandi, Navoichik yana qaytardi, hozircha uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi Belaruslar darvozaboni Artur Navoichik.

22. Belaruslar taymni hujumlar bilan boshlashdi.

21. Dmitriy Los hisobni ochishi mumkin edi, uning zarbasi biroz noaniq ketdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim tugadi, hozircha hisob 0:0.

20. Belarus termasi bosh murabbiyi taym aut oldi, bo'lim tugashiga esa 9 soniya qolgan.

20. Vitaliy Borisov katta tezlikda kelayotgan to'pni darvozaga to'g'rilab qo'ya olmadi.

16. Faustino Perez braziliyaliklarni maydondan olib, maxalliy futzalchilarni tushirmoqda.

15. Ozarbayjon termasi tarkibida parketdagilarning to'rttasi braziliyaliklar, birgina Samir Xamzaev maxalliy o'yinchi .

13. Eduardoning pasidan keyin Bagirov to'pni darvozaga to'g'rilab yubora olmadi.

12. Endi Navoichik engil jarohat oldi, o'yin keskin kurashlar ostida kechmoqda.

12. Ozarbayjon vakillari besh marotaba fol qilishdi, keyingi fol dabl penaltiga aylanadi.

11. Ruslan Lazivk 1 metrdan deyarli bo'sh qolgan darvozani nishonga ola bilmadi.

10. Farzalievning zarbasini yana darvozabon qaytardi.

7. Ramiz CHovdarovning bir yarim metrdan bergan zarbasini Navoichik burchakka chiqarib yubordi.

5. Ozarbayjon vakili Fineo raqib bilan to'qnashuvdan so'ng qorin qismidan jarohat olib parketni tark etdi. Uning holati yaxshi.

5. Har ikkala terma jamoa bosh murabbiylari ikkinchi to'rtlikni parketga tashladi.

3. Endi Rizvan Farzalievning zarbasini himoyachi qaytarib qoldi.

3. Vitaliy Borisovdan ketma-ket zarba, birida darvozabon qacytargan bo'lsa, ikkinchisida noaniq ketdi.

1. Belarus ikkita hujum uyushtirdi, samarasiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика