So’nggi yangiliklar

22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  0 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  4 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  3 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  32 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  4 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  43 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  3 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  6 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  5 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  14 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  24

Futzal. SHuhrat Tojiboev: "Guruhda birinchi bo'lishimizni kutmagandim" Yangiliklar

Futzal. SHuhrat Tojiboev: "Guruhda birinchi bo'lishimizni kutmagandim"

Vetnamda davom etayotgan futzal bo'yicha XIII Osiyo chempionatida barcha chorak finalchilar malum bo'ldi.
Bu bosqichda O'zbekiston terma jamoasi Livanga qarshi bahs olib boradi. O'yin Toshkent vaqti bilan 16:30 da boshlanadi. Ana shu uchrashuvdan oldin terma jamoamiz sardori SHuhrat Tojiboevdan intervyu oldik.

- Yaponiya bilan o'yin haqida taassurotlaringiz?
- Yaponiya amaldagi Osiyo chempioni, juda yaxshi shakllangan jamoa. O'yin ham shunga mos ravishda juda shiddatli o'tdi. Yigitlarda shijoat kuchli edi va shuning uchun ham so'nggi soniyalargacha kurashdik. SHuning uchun ham g'alaba biz tomonda bo'ldi.

- Osiyo chempionatidan oldin guruhda birinchi bo'lishimizni kutganmidingiz?
- To'g'risini aytsam, Yaponiya borligini inobatga olib guruhda birinchi o'rinni olishimizni kutmagandim.

- Vetnamdagi musobaqaning tashkiliy tomonlariga qay darajada baho berasiz? Futzalchilarga yaratib berilgan sharoitlardan kelib chiqib?
- Musobaqaning tashkiliy tomoniga yaxshi baho bergan bo'lardim. Yaratib berilgan sharoitlar ham joyida.

- Terma jamoaga taklif etilgan yosh o'yinchilar haqida fikringiz?
- Yoshlar Osiyo chempionatida terma jamoaga yaxshi kirishib ketishdi. Eng muhimi, o'yin paytida o'zlarini yo'qotib qo'yishmayapti va terma jamoaga foydasi tegmoqda.

- Vetnamda sizlardan qo'llab turgan muhlislar qanchalik kuch bag'ishlamoqda?
- Bu erga kelgan muhlislar bizga juda katta kuch bag'ishlamoqda. Muhlislarimizga boshchilik qilayotgan Abduraxmonga ham raxmat, har o'yinimizda bizga ana shunday muhlislik qilib turishsa, g'alaba faqat biz tomonda bo'ladi deb umid qilaman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика