So’nggi yangiliklar

20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  0 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  0 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  0 19:32Тер Штеген Францияда операция қилинади  3 19:05Алиссон Осиё турнеси давомида "Ливерпул"ни тарк этди  1 18:38Артета Зинченкони "Арсенал"дан кетмасликка кўндирди  0 18:16Расман: Валижон Раҳимов – "Бунёдкор" аъзоси!  2 17:56"Челси" "Аталанта" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 17:28Расман: Феликс Роналдунинг жамоадошига айланди  4 17:06Расман: Олимпиада бронза медали соҳиби "Машъал"га ўтди  6 16:37"Ал Насср" "Челси" ҳимоячисига даъвогар  1 16:15Сўнгги мавсумини Туркияда ўтказган дарвозабон "Андижон"га келмоқда  7 16:02Расман: "Пахтакор" Турғунбоевни сафига қўшиб олди  8 15:49Расман: Рустам Турдимуродов – "Сурхон" аъзоси!  7

Futzal. Rustam Umarov: "Igitaga qarshi o'ynash yoqimli" Yangiliklar

Futzal. Rustam Umarov: "Igitaga qarshi o'ynash yoqimli"

Bugun "O'zbekiston" sport majmuasida O'zbekiston hamda Qozog'iston milliy terma jamoalari o'zaro bellashadilar.
O'ziga xos derbidan oldin terma jamoamiz darvozaboni Rustam Umarovning fikrlari bilan qiziqdik.

"Bugun juda ham kuchli bosim ostidagi principial o'yin bo'ladi. O'tgan yili Qozog'istonga borib ikkita o'yinda ham yutqazib qaytgandik ularga, bu safar biz uyda o'ynaymiz va g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Lekin ularni mag'lub etish juda qiyin bo'ladi.

Qozog'iston terma jamoasidagi ikki nafar o'yinchi bilan Janaozenning "OzenMunayGaz" klubida birga to'p tepganman, lekin ular hozircha asosiy tarkibda tushishmadi. Ularda raqobat juda kuchli.

Qozog'iston Evropada o'ynaydi va daraja ham shunga yarasha ko'tarilgan. Osiyo va Evropaning farqi bor baribir.

Qozog'iston terma jamoasidagilarning deyarli hammasini taniyman. Ayniqsa, darvozabon Igitani. U tajribali va kuchli darvozabon. Oyoq bilan yaxshi o'ynaydi va hatto hujumga kirishib ketadi, zarbasi ham juda kuchli.
Men uchun Igitaga qarshi o'ynash yoqimli va men bu duelga tayyorman".


Tolibjon Qosimov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика