So’nggi yangiliklar

18:00Суперлига. "Машъал" – "Бухоро". Таркиблар маълум  0 17:55Ҳиндистон клуби ОЧЛ 2 мусобақасидан четлаштирилди  0 17:35"Қайрат"нинг португалиялик легионери: "Тарихга кириш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  1 17:14Факт. "Бухоро" 23 йилдан буён "Машъал"ни сафарда ютолмаяпти  1 16:56Факт. Виталий Левченко Жиззахда "Сўғдиёна"га мағлуб бўлмаган  4 16:35Қозоғистон терма жамоасига вақтинчалик бош мураббий тайинланди  1 16:13Дракслер етакчилигидаги "Ал Аҳли" Андижонда!  6 15:55Ўзбекистон футбол ассоциацияси Эрон терма жамоаси собиқ устозига жиддий қизиқмоқда  34 15:20"Валенсия" Винисиус ҳақидаги ҳужжатли фильм туфайли Netflix'ни судга берди  11 14:57ФИФА ЖЧ-2026 саралашида иштирок этаётган терма жамоага техник мағлубият ёзди  0 14:30Кападзе ФИФА кунларида терма жамоа бошқарувида бўлади  17 14:02Ротация режалаштирилган. "Реал" "Қайрат"га қарши ўйинда майдонга тушириши мумкин бўлган футболчилар маълум  11 13:39"Милан" ва "Интер" "Сан Сиро"ни бузади  0 13:17"Машъал" "Бухоро" билан ўйиндан олдин 2 нафар йўқотишга эга  3 12:57Аҳрор Рисқуллаев Суперлигада юбилей ўйинини бошқарди  4

Futzal: O'zbekiston terma jamoasi Vetnam bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi Yangiliklar

Futzal: O'zbekiston terma jamoasi Vetnam bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

Teglar :  Futzal
Fevral oyida Toshkentda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi musobaqa oldilan Vetnam bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish borasida kelishib oldi.

Vetnam futzal terma jamoasiga qarshi o'yin 1 fevral kuni Toshkentda o'tkaziladi.

Avvalroq, O'zbekiston futzal terma jamoasi 22-24 yavnar kunlari Qozog'istonning Olmaota shahrida o'zining navbatdagi yig'inini o'tkazishi va Qozog'iston futzal terma jamoasiga qarshi 22 hamda 23 yanvar kunlariikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi haqida malum qilgan edik.

Jamoa Qozog'iston yig'inidan qaytgach, 26 yanvar kunidan musobaqa oldidan so'nggi yig'inga kiradi. Vetnam jamoasi bilan o'yindan so'ng, Osiyo chempionati oldidan yana bir o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish rejalashtirilgan.

Eslatib o'tamiz, futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi 2016 yilning 10 - 21 fevral kunlari bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayonini olib bormoqda. Qita birinchiligi final bosqichi uchun tashlangan qura natijasiga ko'ra O'zbekiston terma jamoasi "A" guruhidan o'rin olgan. Guruhda Xose Mariya Mendez jamoasiga Saudiya Arabistoni, Qirg'iziston hamda Livan jamoalari raqib bo'ladi.

Takidlash kerakki, Toshkentda bo'lib o'tadigan ushbu musobaqada eng yuqori 5 o'rinini egallagan jamoalar 2016 yilning 10 sentyabridan 1 oktyabrigacha Kolumbiyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика