Futzal. O'zbekiston chempionati sovrindorlari taqdirlandi
06 apr 2014 18:22
Yangiliklar

Futzal. O'zbekiston chempionati sovrindorlari taqdirlandi
Bugun O'zbekiston sport majmuasida futzal bo'yicha milliy chempionat sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Unda mamlakatimizda futzalning rivojiga o'zining katta hissasini qo'shgani uchun quyidagi insonlarga minnatdorchilik tariqasida kichik kuboklar topshirildi.
1. Jo'rabek SHaymardonov ("Ardus" klubi direktori)
2. Bahodir Ahmedov (O'zbekiston MTJ bosh murabbiyi)
3. Rustam Abdiev ("Turon-S" bosh murabbiy)
SHundan so'ng mavsumning eng yaxshilari taqdirlandi.
Andrey SHlyoma 30ta gol bilan musobaqaning eng yaxshi to'purari bo'ldi. Eng yaxshi darvozabon deb "Do'stlik-AIN" posboni Akmal Xazratqulov topildi. "Lokomotiv" vakili Artur Yunusov yakuniga etgan chempionatning eng yaxshi futzalchisi sifatida tan olindi.
"Bunyodkor" klubi o'ynovchi murabbiyi Abdulla Bo'riev mavsumning eng yaxshi murabbiyi sifatida taqdirlandi.
O'zbekiston Futzal Associaciyasi chempionat va kubok bahslarini yoritib borgani uchun Sport TV, "O'zbekiston futboli" gazetasi va "championat.asia" saytlariga minnatdorchilik bildirdi va diplom hamda esdalik sovg'alarini topshirdi.
Taqdirlash marosimi so'nggida "Turon-S" futzalchilariga bronza, "Do'stlik-AIN" futzalchilariga kumush, "Lokomotiv" futzalchilariga esa oltin medallari topshirildi.
SHu tariqa, 18-milliy chempionat o'z yakuniga etdi. Endi may oyida futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Vetnamdagi Osiyo chempionatida ishtirok etadi.
Tolibjon Qosimov.

Fikrlar