So’nggi yangiliklar

08:14Арне Слот: "Виртц "Ливерпуль" учун ҳали кўплаб голлар уради"  0 07:33Эрон ОАВси Сергеевни "Сепахон"даги ойлигини маълум қилишди  3 03:30U-23 Осиё чемпионати-2020. Стадионни пайҳон қилган атлетлар, кулгига қолган ТВ, туғилган кунида Ўзбекистонга иккита гол урган футболчи, Сон Хён Минга сув ташиттирган мураббий ҳамда кубокни ирғитган Шаҳбоз Беғамов ҳақида ҳикоя қиламиз  4 02:40А Серия. "Ювентус" аутсайдер майдонида ишончли ғалаба қайд этди  0 01:17"Астон Вилла" клуб рекордини такрорлади  4 00:54"Аркадаг" кетма-кет учинчи марта Туркманистон Кубогини қўлга киритди  14 00:34Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод" ғалаба қозониб, 6-ўринга кўтарилди  0 00:23Нималар қиляпсан, "Астон Вилла"?! Эмери жамоаси "Челси" майдонида ҳам ғалабага эришди  26 23:59Витинья Гвардиола билан ишлашга қарши эмас  1 23:35FUTSAL AWARDS-2025: Йилнинг энг яхшиларини тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  1 23:19Флориан Виртц илк голи ҳақида нималар деди?  0 22:55АПЛ. "Ливерпуль" - "Вулверхэмптон" учрашувидан кейинги фактлар  1 22:41"Нефтчи" Убайдуллаев билан икки йиллик шартнома имзолади  4 22:19Ўзбекистон U-21 ўртоқлик ўйинида Иордания U-23 билан дуранг ўйнади  0 22:00АПЛ. "Ливерпуль" ва "Арсенал" кичик ҳисобда ғалабалар қайд этди  2

Futzal. Osiyo Kubogi. O'zbekiston terma jamoasi Turkmanistonga javobsiz 8ta gol urdi Yangiliklar

Futzal. Osiyo Kubogi. O'zbekiston terma jamoasi Turkmanistonga javobsiz 8ta gol urdi

Bugun, 27 sentyabr kuni Quvaytda futzal bo'yicha Osiyo Kubogi bahslari start oldi.

"B" guruhi doirasida O'zbekiston futzal terma jamoasi Turkmanistonga qarshi bahs olib bordi. Unda vakillarimiz yirik 8:0 hisobida g'alaba qozonishdi.


Osiyo Kubogi

"B" guruhi. 1-tur

"Saad Al Abdullah Hall" majmuasi. 13:00

O'zbekiston – Turkmaniston 8:0

Hakamlar: Fahad Badir Alhosani (BAA), Issa Ubdulhussain (Kuvayt), Benjapol Mucharoensap (Tailand)

Taymkiper: Pornnarong Grairod (Tailand)

Komissar: Richard Joson (Filippin)

Gollar: D.CHoriev (I.Hamroev) 6, M.Odilov (A.Rahmatov) 13, 22, I.Ropiev (I.Hamroev) 15, (I.Hamroev) 33 D.Rahmatov (M.Odilov) 30, SH.Faxriddinov (I.Ropiev) 34, A.Usmonov (S.Jo'raev) 40

O'zbekiston (dastlabki beshlik): 12.Ravshan Eliboev, 4.Ixtiyor Ropiev, 6.Ilhom Hamroev, 8.Husniddin Nishonov, 10.Davron CHoriev

Zaxira: 1.Rustam Umarov (s), 2.Anasxon Rahmatov, 3.Mashrab Odilov, 5.Sunnat Jo'raev, 7.Dilshod Rahmatov, 9.Elbek To'lqinov, 11.Akbar Usmonov, 13.SHahram Faxriddinov, 14.Davlat Ibragimov

Turkmaniston (dastlabki beshlik): 12.Meretgeldi Bayramov (s), 3.Giljimuradov Giljimurat, 4.Maksat Soltanov, 9.Allamirat Kurbanov, 13.Kadir Berenov

Zaxira: 1.Berdimirat Sapardurdiev, 2.Rovshen Orazmuhammedov, 5.Kerven Annaorazov, 6.Daniil Panchenko, 7.Gurbangeldi Sahedov, 8.SHiri Bayramdurdiev, 10.Mulkaman Annaguliev, 11.Vatan Ataev, 14.Maksat Miradov.

Ogohlantirish: R.Orazmuhammedov 19


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



Uchrashuv yakunlandi! Ishonchli va chiroyli g'alaba muborak!

40 - Goooooooolllll, Akbar Usmonooovvv!!! Hujumchimizdan nozik gol

40 - parketda nisbatan yoshroq tarkib.

36 - Ravshan Eliboev o'rniga Rustam Umarov tushdi.

34 - Gooooooolllll, SHaxram Faxriddinooovvv!!! Ropievdan pas va yosh o'yinchimizdan gol. Navbatdagi futzalcha gol.

33 - Gooooooolllll, Ixtiyor Ropieeevvv!!! Hamroev burchakdan pas, Ixtiyordan shakar gol.

33 - Zarbaaa, Hamroev deyarli bo'sh qolgan darvozaga tepdi. Qaerdandir himoyachi paydo bo'ldi va boshi bilan qaytardi.

30 - Gooooooolllll, Dilshod Rahmatovvv va Ronalducha nishonlash!!! M.Odilov burchakdan to'pni Rahmatovga oshirib berdi.

28 - Zarba, Gurbangeldi Sahedovning kuchli va aniq zarbasini Ravshan Eliboev qaytarib yubordi.

28 - Zarbaaa, Nishonovning zarbasi rikoshet bilan burchakka ketdi.



22 - Gooooooolllll, Mashrab Odilooovvv!!! Darvozabondan qaytgan to'pni Mashrab to'qqizlikka joylab qo'ydi. Asal gol.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Malumot uchun, O'zbekiston futzal terma jamoasi o'z tarixida Turkmanistonga faqat bir marta yutqazgan. 2017 yilning 2 may sanasida Toshkentda o'tgan o'rtoqlik bahsida 5:6 hisobida yutqazib qo'yganmiz. O'sha uchrashuvdan keyin bosh murabbiy Xose Mariya Pazos Mendez o'zbek xalqidan uzr so'rayman deb intervyu bergandi "Championat.asia" saytiga >>>

Xose Mariya Mendez: "Muxlislar va xalqdan uzr so'rayman"


Birinchi bo'lim yakunlandi, tanaffus.

19 - Zarbaaa, vakillarimiz jarimani chiroyli tarzda kombinaciya qilishdi. Nishonovning zarbasini kiper qaytarib yubordi.

19 - Rovshen Orazmuhammedov CHorievga nisbatan ishlatgan qo'polligi uchun ogohlantirildi. Davron yaqindagina davolanish jarayonini boshdan o'tkazgan edi.

15 - Gooooooolllll, Ixtiyorrr Ropievvv, 3:0. Ixtiyor tepgan to'p raqib o'yinchisiga tegib birozgina yo'nalishini o'zgartirdi va darvozadan joy oldi.

14 - Zarbaaa, yana CHoriev tepdi. Nishonovning pasidan keyin Davronda juda yaxshi vaziyat yuzaga keldi. Biroz noaniq.

14 - Zarbaaa, CHoriev chiroyli gol urmoqchi bo'ldi. Darvozabon Meretgeldi Bayramov o'z o'rnida.

 Turkmaniston bosh murabbiyi Guvanch Kanaev darhol 1 daqiqalik taym aut oldi.

13 - Gooooooolllll, vakillarimizdan futzalcha gol. Anasxonning pasidan keyin Mashrab Odilov ikkinchi golimizni kiritdi.

11 - Bu safar Ravshanning zarbasi aniq chiqdi, raqib posboni to'pni qaytardi. Vakillarimiz Eliboev bilan besh kishi bo'lib o'ynashmoqda.

10 - Ravshan Eliboevning tepgan kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi.

9 - Annaguliev Eliboev qarshisida deyarli birga-bir qoldi va noaniq zarba berdi.

8 - To'lqinovning zarbasiga raqib blok qo'ydi, Anasxonning zarbasi esa noaniq chiqdi.

6 - Gooooooolllll, Davron CHorieeevvvvvvv! Ilhom Hamroevning pasidan keyin Davron hisobni ochdi.

4 - Dilshod Rahmatovning zarbasiga birroz aniqlik etishmadi.

3 - O'yindagi birinchi zarbani biznikilar berdi, Anasxon Rahmatovning zarbasiga aniqlik etishmadi.

2 - Vakillarimiz asta ustunlikni qo'lga olishmoqda. O'yin translyaciyasida esa biroz muammolar yuzaga kelmoqda (TVda).

Uchrashuv boshlandi! Uni qo'shnilarimiz boshlab berishdi.

Bahodir Ahmedov birinchi beshlikka Ravshan Eliboev, Ixtiyor Ropiev, Ilhom Hamroev, Husniddin Nishonov hamda Davron CHorievlarni kiritgan.

O'zbekiston davlat madhiyasi yangradi, endi esa qo'shnilarimizning madhiyasi.

O'zbekiston terma jamoasi shu kungacha o'tkazilgan 15ta qita birinchiligining barchasida ishtirok etgan bo'lsa, raqibimiz turkmaniston 10 marta qatnashgan. Yana bir etiborli jihati, turkmanlar 10 yillik tanaffusdan keyin (oxirgi marta 2012 yil BAAda o'tkazilgan Osiyo Kubogida qatnashgan) musobaqaga qaytdi. O'zbekiston shu kungacha 15ta Osiyo Kubogidan 13tasida guruhdan chiqishni uddalagan.

Hisob bo'yicha XVI-Osiyo Kubogi. Unda Bahodir Ahmedov boshchiligidagi terma jamoamiz "B" guruhida Turkmaniston, Bahrayn va Tojikistonga qarshi bahs olib boradi.

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика