So’nggi yangiliklar

10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  0 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  1 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  0 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  3 08:48Sofascore. Захирадан майдонга тушган Ўринбоев энг катта баҳолардан бирини олди  3 08:30Суперлига. "Бунёдкор" — "Хоразм" 1:0   0 08:21Саудия Арабистонида Криштиану Роналдуга "Олтин бутса" топширилди  8 07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  17 01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  20 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  26 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4

Futzal. Oliy liganing to'rtinchi kungi bahslaridan so'ng murabbiylar qanday fikrda? Yangiliklar

Futzal. Oliy liganing to'rtinchi kungi bahslaridan so'ng murabbiylar qanday fikrda?

Teglar :  FutzalOliy liga
Olmaliqdagi "OTMK" sport majmuasida futzal bo'yicha mamlakat chempionatining uchinchi tur o'yinlari davom etmoqda.

To'rtinchi kungi natijalar


Abdujabbor G'afforov ("Maksam-CHirchiq" futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- Birinchi bo'limda yaxshi o'yin ko'rsatdik. Ikkinchi bo'limda esa o'yin tempi pasaydi. Vaziyatlardan unumli foydalana olmadik. Bizning jamoaga omad ko'proq kulib boqdi. 

SHogirdlarim bir qismining sog'lig'i joyida emas, Javlon Anorov grippga chalingani uchun bugun maydonga tushmadi. Bu turda ushbu futbolchilar safga qayta olishmaydi. SHunga qaramasdan, kurashishda davom etamiz.


Farruh Zokirov ("Neftchi" futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- Birinchi kun o'yinimiz juda yaxshi shakllangan «Maksam-CHirchiq»ga qarshi o'tdi. O'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rgan edik. Vaziyatlardan foydalana olmaganimiz tufayli birinchi bo'limda raqibimiz foydasiga yirik hisob qayd etildi. 

Jamoada ikki futzalchi jarohati sababli Olmaliqqa kela olmadi. Biz Olmaliqqa kecha etib keldik. Dam olish uchun etarlicha vaqt bo'lgan. 

Oldinda yana ikkita o'yin bor. Ularda ochko olishga harakat qilamiz.


Ravshan Rajabov ("Metallurg" futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- Yigitlar bugun chiroyli o'yi namoyish qilishdi. Ayniqsa, Akmal Hazratqulovni alohida takidlagan bo'lar edim. Darvozabon - yarim jamoa deyishadi. Akmal bugun jamoaning 90 foizini tashkil etdi, deyish mumkin. 

O'tgan bellashuvlarda o'z imkoniyatlarimizdan unumli foydalana olmaganimiz sabab ko'plab ochkolarni boy berdik. Jamoamiz endi shakllanib bormoqda. Tarkibdagi 70-80% futzalchilarimiz jamoaga endi kelib qo'shilishgan. Turdan turga o'yinimizni rivojlantirib borishga harakat qilamiz.


Bahodir Ahmedov (HUAXIN-JIZZAX bosh murabbiyi):

- SHogirdlarim bugun o'z o'yinini namoyish eta olishmadi, aksincha, juda yomon harakat qilishdi. Vaziyatlardan foydalanishda, qarshi hujumlarni nihoyasiga etkazishda, tashabbusni o'z qo'llariga olishda ko'plab xatoliklarga yo'l qo'yishdi.

Raqiblarimiz esa aksincha, juda tartibli o'yin ko'rsatishdi, ularni tabriklayman. Bugungi mag'lubiyatimiz ikkinchi yo'qotish bo'ldi, chempionat yakunida biz uchun qimmatga tushishi xavfi bor. Maqsadimiz faqat bosh sovrin ekan bundan keyin birorta ham ochko yo'qotishga haqqimiz yo'q.


Xurshid Tojiboev ("Navbahor" futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- "Bunyodkor" yosh tarkibga ega ekanligiga qaramasdan yaxshi o'yin ko'rsatdi. Uchrashuv avvalida o'tkazib yuborilgan gollar bizga ruhan tasir ko'rsatdi. Hisobni tenglashtirish maqsadida raqib darvozasi oldida ko'plab xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirdik, ammo ulardan foydalana olmadik.

Ilhom Yusufjonov, G'ulom Mamajonov kabi etakchilarsiz harakat qildik. Ular biroz betob ekanliklari bois jamoamizga yordam bera olishmadi. Albatta, ularning o'rni maydonda yaqqol sezildi.


Abdulla Bo'riev ("Bunyodkor" futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- Bugun turnir jadvalida yonma-yon ketayotgan ikki jamoa o'zaro to'qnash keldi. SHu bois, uchrashuv qiyin o'tishini oldindan bilar edik. Yigitlarning ruhiyati ko'tarilishi uchun turning ilk bahsidagi g'alaba juda ham zarur edi. 

Biz uchun eng og'ir tur aynan 3-tur bo'ladi. Boisi, har uchchala raqib bilan musobaqa jadvalida yonma-yon ketyapmiz. "Maksam-CHirchiq" ham, "Metallurg" ham bugun g'alaba qozondi. Meni xursand qilgani, jamoamiz darvozasi daxlsizligini saqlab qoldik. Bundan oldingi bellashuvlarda muntazam tarzda o'z darvozamizdan to'p olib chiqayotgan edik.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика