So’nggi yangiliklar

01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  1 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   3 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  17 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  10 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  171 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  55 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  11 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3

Futzal. Oliy liga. "Neftchi" "Stroitel-Zarafshon"ni yirik hisobda engdi, "Metallurg" "Nasaf"ga mag'lub bo'ldi Yangiliklar

Futzal. Oliy liga. "Neftchi" "Stroitel-Zarafshon"ni yirik hisobda engdi, "Metallurg" "Nasaf"ga mag'lub bo'ldi

Futzal bo'yicha Toshkent va Olmaliq shaharlarida 7-tur doirasidagi navbatdagi uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

O'yinlarda ketma-ket g'alaba qozonayotgan “Dinamo” hatto chempionat peshqadami “Huaxin-Jizzax” jamoasini ham vahimaga solayotgandi. Samarqand klubi birinchi bo'limda hisob ochilmasligini taminlab turgandi. Ikkinchi bo'limda esa kutilmaganda samarqandliklar Mexroj Xudoyberdievning avtogoli evaziga o'z darvozalaridan to'p o'tkazib yuborishdi. Bundan ruhlangan jizzaxliklar o'yin yakunigacha ikkita gol urib, hisobni o'z foydalariga hal etishdi. 

“Neftchi” “Stroitel-Zarafshon”ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Farg'onaliklar kecha “Dinamo”dan mag'lub bo'lgandi, shuning uchun bugun zarafshonliklarga qarshi astoydil harakat qilishdi va buning uddasidan chiqishdi. “Paxtakor” ham bitta gol farqi bilan “Bunyodkor”dan ustun keldi. 

Olmaliqda esa kutilmaganda “Nasaf” “Metallurg”ni mag'lubiyatga uchrata oldi. Vaholanki bekobodliklar uchrashuvning boshidayoq gol urib, birinchi bo'limni o'z foydalariga ushlab turishgandi. Ikkinchi bo'limda qarshiliklar tashabbusni o'z qo'llariga olishdi va buni hisobda ham isbotlashdi. AGMK “Navbahor”ni, “Lokomotiv” esa “Maksam-CHirchiq”ni yirik hisobda engdi.

Futzal. Oliy liga. 7-tur

Uchinchi kun. 5 fevral

Toshkent. “Yunusobod” sport majmuasi

HUAXIN-JIZZAX – DINAMO – 3:0 

Gollar: Davron CHoriev (29), Husniddin Nishonov (38) –  Mexroj Xudoyberdiev (26-o'z darv.)


STROITEL-ZARAFSHON – NEFTCHI – 0:4 

Gollar: Dostonbek Bobojonov (16, 20, 31), SHuhratbek Rashidov (30)

PAXTAKOR – BUNYODKOR – 4:3 

Gollar: Feruz Faxriddinov (2), Dilshod Irsaliev (14), Konstantin Sviridov (20), Muhammad Zoirov (28) –  Muhammadbobur Rahmonberdiev (14, 15), Xurshid Najimov (22)

Olmaliq. OKMK sport majmuasi


NAVBAHOR – AGMK – 1:5 

Gollar: Burxoniddin Sodiqov (9-o'z darv.), Dovudxon Sadriddinov (36) – Davlat Ibrohimov (17, 28, 40), Abdulla Solixov (19)


NASAF – METALLURG – 6:4 

Gollar: Mamasharif Xalimov (21, 24), SHohruh Norqulov (22, 23), Oybek Polvonov (27), Baxtiyor Baratov (36) – Sanjar Ziyoxonov (2), Islombek Biyto'raev (31), Farhod Qodirov (40), Temur Saydullaev (40) 


LOKOMOTIV – MAKSAM-CHIRCHIQ – 8:2 

Gollar: Dilmurod SHavkatov (14), Jamoliddin SHaripov (17), Mashrab Odilov (28), Ravshan Asqarjonov (29), Akbar Usmonov (34, 35, 38, 40) – Bekzod Jumaboev (15), Ashirbek To'lqinov (31).

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика