So’nggi yangiliklar

10:44"Манчестер Юнайтед" Германия терма жамоаси ҳужумчисини нишонга олди  0 09:53Месси шарафига "Камп Ноу"да унинг ҳайкали ўрнатилади  2 09:26Португалия терма жамоаси устози Роналдунинг қизили ҳақида фикр билдирди  7 09:20Испания терма жамоасининг собиқ бош мураббийи: "Бундай хатти-ҳаракатлари билан Ямал чўққида узоқ туролмайди"  3 09:00Мбаппе ушбу натижага эришган тарихдаги иккинчи футболчи  1 08:32Португалия ЖЧ-2026 га чиққан тақдирда Роналду биринчи турни ўтказиб юборади  2 08:06"Ал Айн Кубоги". Бугун терма жамоамиз Салоҳ бошчилигидаги Мисрга қарши баҳс олиб боради  5 07:41ЖЧ-2026 саралаши. Африка қитъасида ярим финал учрашувлари бўлиб ўтди  0 02:42ЖЧ-2026 саралаш. Италия имкониятни сақлаб қолди, Франция ҳал қилди, Роналду қизил олди ва бошқа натижалар  18 01:26Оскар фаолиятини якунлаши мумкин  1 00:54"Бавария" Нойер билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:38Камавинганинг ҳолатига бугун баҳо берилади  0 00:13U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Хорватияга қарши ўйинга тайёргарликни давом эттирмоқда  1 23:57ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан йирик ғалаба, Холанддан дубль ва мавсумдаги 30-гол  3 23:32ЖЧ-2026 саралаши. "Омадсиз"лар дербисидаги биринчи ўйинда дуранг  3

Futzal. Oliy liga. Bugungi bahslardan keyin murabbiylar fikrlari Yangiliklar

Futzal. Oliy liga. Bugungi bahslardan keyin murabbiylar fikrlari

Bugun Olmaliq shahrida futzal bo'yicha Oliy liga 3-tur uchrashuvlari boshlandi va 3 ta o'yin bo'lib o'tdi.

Uchrashuvlar nihoyasiga etgach, bosh murabbiylar fikrlarini bildirishdi.

Aleksandr Petrov (AGMK futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- Juda qiziqarli o'yin bo'ldi. Qiyin g'alabaga erishdik. O'z xatolarimiz evaziga 2 ta gol o'tkazib yubordik. "Dinamo" jamoasiga yaxshi o'yin uchun minnatdorman.

Dilshod Haydarqulov ("Dinamo" futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- Birinchi bo'limda jamoamiz g'alaba qozonayotgan edi. Ikki marta hisobda oldinda bora turib, imkoniyatni boy berdik. Tajribamiz etishmadi deb o'ylayman. Yosh jamoa bo'lishiga qaramay, vice-chempionga qarshi munosib qarshilik ko'rsatdik. Futzalchilarim ko'rsatgan o'yindan ko'nglim to'q. 

Samarqand shahrida futzal akademiyasi tashkil etilgan. Bolalarni 6-7 yoshidan futzalga jalb qilib, mahoratli sportchilarni tarbiyalamoqchimiz.


Iskandar Mahmudov (“Stroitel-Zarafshon” futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- Jamoa ko'rsatmalarni bajara olmayapti. Sababi o'yin amaliyotimiz kam bo'lgan. Bu qiyinchilik tug'dirmoqda. Mashg'ulotlarning tasiri boshqa, lekin o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazishimiz lozim. 

Yosh futzalchilarni qidirishda davom etmoqdamiz.

Uchrashuvdan so'ng yig'ilish o'tkazamiz va xatolarimizni ko'rib chiqamiz.

Alisher Yusupov (“Nasaf” futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- Futzalchilarim o'yinidan qoniqdim. But nechta futzalchilarning jarohati bor. 

Ko'p vaziyatlar yaratdik. Ulardan unumli foydalana oldik. 

Ertangi o'yinlarga bundanda yaxshiroq tayyorgarlik ko'ramiz. Barcha jamoalarni hurmat qilgan holda maydonga tushamiz. Faqat g'alaba uchun kurashamiz.


Ahadjon Yusupov (“Lokomotiv” futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- Futzalchilar barcha ko'rsatmalarimizga amal qilgan holda harakatlanishdi. Biz o'ylagan rejalarning barchasini amalga oshirishni uddaladik.

“Paxtakor” jamoasida charchoq sezilgandek bo'ldi. Vaziyatlardan foydalana olishmadi deb o'ylayman. Ular besh kishi bo'lib chiqqanda biz to'g'ri himoyalandik. Bundan tashqari, darvoza bo'sh qolib ketgan edi, ikkita golimiz bo'sh darvozaga kiritildi. Yirik hisobni sababi ham shunda.

SHuhrat Tashmedov (“Paxtakor” futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- O'yin boshida omadimiz kelmadi. 2-3 vaziyatni golga aylantira olmadik. “Lokomotiv” juda yaxshi jamoa. CHempionlik uchun kurashayotgan jamoa. 

Birinchi bo'limni o'zidayoq 5 kishi bo'lib o'ynadik. Barchasini boshida qilmoqchi bo'ldik, rejamizni amalga oshira olmadik. 

Yosh futzalchilarimiz ko'p. Ularga tajriba oshirish uchun vaqt kerak. SHuning uchun tajribali o'yinchilarga tayangan holda taktikamizni quryapmiz. To'rttala golni ham o'zimizga o'zimiz olib keldik.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика