So’nggi yangiliklar

21:30"Челси" ўз ярим ҳимоячисини таҳминан 30 млн фунтга сотди  0 21:10Суперлига. "Навбаҳор" ўз уйида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  37 20:49Нуньес "Ал Ҳилол" билан 2028 йилгача шартнома имзолайди. Трансфер суммаси ҳам маълум  1 20:25"Ўзимизнинг "тобуткаш" Кападзега имконият бериш керак" - Миржалол Қосимов МТЖга хорижлик мураббий олиб келиниши ҳақида  22 19:38ПСЖ Сафоновга у асосий дарвозабон бўлмаслигини маълум қилди  3 19:16Суперлига. "Машъал" - "Динамо" 2:3 (матнли трансляция)  11 18:51Исак "Ньюкасл" машғулотларидан четлатилди. Нега?  1 17:48"Реал" собиқ футболчиси энди Машарипов ва Ашурматов билан бир жамоада ўйнайди  3 17:19"Реал"га яна "йўқ" дейишди  3 16:43Дамир Темиров: "Шацкихни бир сўз билан айтганда — топ мураббий"  7 16:29Эшитдик-да! Шерзод Насруллаевнинг Польша клубига трансфери амалга ошмай қолди. Нега?  15 16:27Қосимовнинг ОКМКси "Пахтакор"ни енгиб 2-ўринга чиқиб олган беллашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 14:52Рубен Санчес: "Қадам-бақадам олдинга юришимиз лозим"  1 14:22Гиорги Папава: "Пахтакор"га қарши қандай ўйнашни ва мағлуб этишни ўрганиб олдик"  4 13:30МЮ Шешко бўйича таклифини оширди  13

Futzal. "Lokomotiv" so'nggi turda yirik hisobda g'alaba qozondi Yangiliklar

Futzal. "Lokomotiv" so'nggi turda yirik hisobda g'alaba qozondi

Xitoyning CHengdu shahrida davom etayotgan klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatida "Lokomotiv" Avstraliyaning "Vik Vipers" klubiga qarshi o'ynadi.
"Lokomotiv" - "Vik Vipers" 7:3
"UEST Arena", CHengdu
Gollar: F. Abdumavlonov 3, 34, A. Yunusov 8, V. Borisov 24, 35, F. Azizov 27, O. Xolmuhamedov 38 - Migel 1, 19, 39

"Lokomotiv": 1.Oleg Tukmakov, 8.Vitaliy Borisov, 11.Artur Yunusov, 14.Konstantin Sviridov, 15.Farxod Abdumavlonov.
Zaxiradan tushganlar: 12.Klim Tyugaev, 3.Sunnat Kuralov, 5.Oleg Xolmuhamedov, 6.Farxod Miraxmedov, 7.Furqat Azizov, 9.Andrey SHlyoma, 10.Maxsud Fayzullaev, 13.Faxriddin Samedov, 4.SHuhrat Tojiboev.

"Vik Vipers": Kiran, Adam, Migel, Fernando Lima De Moraes, Jonatan Barrientos.
Zahiradan tushganlar: Kristos, Rayan Timmins, Konrad Machoy, Kui Mu, Gavin Sshipp, Jeyson Barrientos, Angelo Fuska, Metyu Vragovski.


YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi, "Lokomotiv" musobaqani g'alaba bilan tugatdi.

39. Gol, Migel Barrigos, 7:3.

38. Goooooooolllllll, Xolmuhamedov ham o'z hisobiga gol yozib qo'ymoqda, 7:2.

37. Maydon markazida Azizovni yiqitishdi.

35. Gooooooooolllll, Borisov to'pni SHlyomadan qabul qilib olib hisobni yanada yiriklashtirib qo'ydi.

34. Gooooooooollll, Abdumavlonov bo'sh qolgan darvozani qiyinchiliksiz nishonga oldi, 5:2.

33. Samedov yaqin masofadan gol ura olmadi.

30. Yunusovning yaqindan bergan zarbasini Kiran qaytardi.

28. Ahad Yusupov o'ynovchi darvozabonni parketga tashladi.

27. Goooooooooolllll, Furqat Azizov, 4:2. Borisov Furqatni zarba yo'llash uchun juda qulay nuqtaga chiqardi, Azizov esa bir urinishda to'pni darvozaga choylab qo'ydi.

26. Kuralov Samedovning pasidan keyin to'pga eta olmadi, biroz yuqoridan ketdi.

25. Avvaliga Lima, keyin Adamning zarbalarini Tukmakov qaytarib yubordi.

24. Gooooooolllll, Vitaliy Borisov, 3:2.

23. SHlyomaning bu galgi urinishi aniq bo'ldi, lekin darvozabon o'z o'rnida.

22. SHlyoma tezkor qarshi hujumni yo'qqa chiqardi.

Ikkinchi bo'limni avstraliyaliklar boshlab berishdi.

Tanaffus.

19. O'yinchimiz markazda to'pni oldirib qo'ydi, kengurular yurti vakillari esa bundan unumli foydalanib hisobni tenglashtirishdi, 2:2

18. Yunusov - Sviridov - Tojiboev kombinaciyasini himoyachi o'qidi.

17. Tojiboevning zarbasini darvozabon ushlab oldi. Hozircha kichik ustunlik vakillarimiz tomonida.

15. Raqib o'yinchisi bo'sh qolgan darvozani nishonga ola bilmadi.

14. Sunnat Kuralovning yaqin masofadan yo'llagan aniq zarbasini darvozabon qaytarib yubordi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика