So’nggi yangiliklar

03:05АПЛ. "Арсенал" бурчак зарбаларидан урилган голлар эвазига "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилди  11 02:59ЛаЛига. Мбаппе пенальтидан гол ура олмаган ўйинда "Реал" мағлуб бўлди  26 02:30АПЛ. "Манчестер Сити"да ниҳоят ғалаба, "Ньюкасл" — "Ливерпуль" ўйинида 6та гол ва "Челси"дан йирик ғалаба  17 01:57Турк футболчисига МЮ, "Ливерпуль", "Арсенал" ва ПСЖ қизиқмоқда  0 01:32Жаҳонгир Ортиқхўжаев, "Пахтакор" янги бош мураббийи ва Максим Шацких иштирокидаги матбуот анжуманидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 00:37Куртуа "Реал" билан шартномани узайтирмоқчи. Дарвозабоннинг вакиллари Саудия Арабистонидан қизиқиш ҳақида билишмайди  1 00:04АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Юнайтед" баҳси асосий таркиблари маълум!  15 23:56"Атлетик" — "Реал". Беллингем, Мбаппе ва Родриго асосий таркибда  20 23:15Озарбайжон кубоги. "Сумқайит" кейинги босқичга чиқди, Жалолиддинов 120 дақиқа ҳаракат қилди  0 22:54ОЧЛ-2. "Насаф" навбатдаги мағлубиятини қабул қилиб олиб, мусобақани тарк этди  122 22:34"Байер" Вирцнинг нархини белгилади  3 21:40АПЛ тўртта топ клуби Испания терма жамоаси юлдузига қизиқмоқда  1 20:47"Боруссия Д" қишда Маленни қўйиб юборишга тайёр  0 20:18"Шабаб Ал Аҳли" — "Насаф". Таркиблар маълум  8 19:54Илёс Қурбонов: "Қаршида ўйнаб қайтганимиз сабабли тайёргарлик кўриш учун бизда 1 кун вақт бўлди"  5

Futzal. JCH. Ahad Yusupov: "Kechagi natija hech qanaqasiga kambek emas" Yangiliklar

Futzal. JCH. Ahad Yusupov: "Kechagi natija hech qanaqasiga kambek emas"

O'zbekiston futzal terma jamoasi jahon chempionatidagi ishtirokini mag'lubiyat bilan boshladi.

Futzalchilarimiz Litvada bo'lib o'tayotgan jahon chempionatining ilk turini Gvatemalaga qarshi o'tkazib, 4:5 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Vakillarimiz 1:4 hisobida yutqazayotgan bo'lishlariga qaramay, 4:4 natijasini qayd eta olishdi, biroq o'yin tugashiga 14 soniya qolganida 5-to'pni o'tkazib, shu tariqa mag'lub bo'ldik. 

Mazkur bahs haqida taniqli futzal murabbiyi Ahad Yusupov o'z fikrlarini bildirdi. 

O'yin haqida

- O'yinni barchamiz katta ishtiyoq bilan ko'rdik. CHunki jahon chempionatini hamma orziqib kutib yashaydi. Bu futzal bo'yicha dunyodagi eng katta musobaqa. Endi o'yin haqida nima deyish mumkin? Albatta, oxirgi soniyalarda gol o'tkazib yutqazib qo'yganimiz alam qildi. Lekin men yutsak kerak deb o'ylagandim, chunki Gvatemala u qadar kuchli emas. Faqat ulardagi shijoat ustunlik qildi. Bizga esa avvalambor shu narsa etishmadi. SHuningdek, bahs oxirida hisob tenglashganidan keyin sovuqqonlikni ushlab qola bilmadik.

- Yana bir jihatga alohida etibor qaratdim. Nima uchundir futzalchilarimizning ko'zi yonmadi. Bu o'rtoqlik o'yini yoki bo'lmasa boshqa musobaqa emas, balki jahon chempionati. Hamma orziqib kutadigan turnir. Akbar Usmonov bilan Dilshod Rahmatovdan ko'p narsa kutgandim, lekin nimagadir ular umuman ko'rinmay qoldi. Darvozabon Rustam Umarov ham ko'p xatolarga yo'l qo'ydi. O'tkazib yuborilgan hamma gollarda uning aybi bor.


Abbos Elmurodov haqida

- Bunday o'yinlarda vaziyatdan kelib chiqib jamoada o'ynovchi-darvozabonning bo'lishi juda asqotadi. Bizning tarkibda shunday darvozabon bor edi: Abbos Elmurodov. Lekin nimagadir murabbiylar uni uchrashuv protokoliga kiritishmadi. Natijada faqat Rustam Umarovga ishonib qolishdi, u bo'lsa xatolarga yo'l qo'ydi. Zaxiramizda ikkinchi darvozabon Ravshan Eliboev ham bor edi, u ham yaxshi darvozabon, biroq nimagadir uni ham sinab ko'rishmadi.


Tajribali futzalchilar yo'qligi pand berdi

- Jahon chempionati - bu oddiy musobaqa emas. SHunday ekan, tarkibda mahoratli futzalchilarning bo'lishi juda katta yordam beradi. SHaxsiy fikrimcha, ikki nafar etakchi futzalchining olib ketilmagani pand berdi. Bular - Farhod Abdumavlonov bilan Artur Yusupov. To'g'ri, jamoani yoshartirish ishlari olib borilgandir, biroq katta turnirlarda etakchi bo'lishi juda muhim rol o'ynaydi. Artur bilan Farhodga ko'p vaqt kerak emas, ularga o'zini ko'rsatish uchun besh daqiqa etardi. Agar safimizda shu ikki futzalchidan biri bo'lganida, menimcha Gvatemalaga yutqazmasdik. 


Taym-autda nima bo'lganini ko'rdingizmi? 

- Etibor bergan bo'lsangiz, ikkinchi taymda biznikilar taym-aut olishdi. Bosh murabbiy Bahodir Ahmedov endi futzalchilarga qanday o'ynash kerakligini tushuntirayotgan bir paytda uning yordamchisi Nodir Eliboev oraga suqilib, o'z bilganicha nimalarnidir gapira ketdi. Bu nima degan gap? Jamoada bosh murabbiy kim? Bu holat kadrda yaqqol ko'rindi va shaxsan menga juda g'alati tuyuldi. SHundan keyin Bahodir Ahmedovning gapi ichida qolib ketdi. O'sha vaziyatda Nodir Eliboev yordamchi murabbiy bo'lgani uchun o'zini jim tutib turishi kerakmidi.


Ishtiyoq yo'qolib qoldi

- Futzal jamoamiz jahon chempionatiga tayyorgarlik chog'ida kuchli jamoalar bilan o'ynadi. Biz Argentina, Ispaniya, Portugaliya singari termalar bilan o'ynadik. Men jamoa ichida bo'lmaganim uchun biron narsa deyishim qiyin, lekin barcha hissiyot mana shu o'rtoqlik o'yinlari bilan ketdi degan xavotirdaman. CHunki Gvatemalaga qarshi rasmiy bahsda emociya ko'zga tashlanmadi. Gvatemalada esa shu narsa ko'rindi. Ularda vazni og'ir futzalchilar ham bor ekan, o'shalarning tajribasi evaziga ular yutib ketdi. Bizda nima uchun emociya yo'qolib qolgani esa bosh murabbiyga beriladigan savol.


Ixtiyor Ropiev kim?

- Raqib darvozasiga to'rtta gol kiritgan bo'lsak, shundan uchtasi Ixtiyor Ropiev nomiga yozildi. Ixtiyor Ropiev kim? U - himoyachi. Himoyachi uchta gol urgan ekan, unda hujumchilar nima qildi degan savol yuzaga keladi. Ko'ryapsizmi, savollar ko'p. 


Bu kambek emas!

- Ko'pchilik 1:4dan keyingi 4:4ni kambek deyapti. Lekin kambek qachon bo'ladi? Qachonki yutqaza turib yutib ketsang yoki kamida durang qilsang. Biz esa yakunda yutqazib qo'ydik, shu bois bu o'yinni hech qanaqasiga kambek deb bo'lmaydi. Kambek qilgan jamoa hisobni tenglashtirib so'ngra yutqazib qo'ymaydi. O'yindan keyin ko'p tanishlarim menga qo'ng'iroq qilib, Ahad aka, zo'r kambek bo'ldi-ya deyishdi. Men esa ularga hech nima bo'lmaganini, chunki baribir mag'lubiyatga uchraganimizni aytdim. 


Keyingi raqib haqida

- Endi keyingi turni 15 sentyabr kuni Rossiya futzal jamoasiga qarshi o'tkazamiz. Bu judayam qiyin o'yin bo'ladi. Rossiyaning birinchi turda Misr bilan qanday o'ynaganini ko'rdim. Ular ilk turda 9:0 hisobida zafar quchishdi va futzalchilari jismonan baquvvat bo'lgani uchun o'yinning boshidan pressing qo'llashdi.

- Futzalda ham turlicha taktika bor: himoyaviy, hujumkor, qarshi hujum, pressing va hokazo. Rossiyaga o'xshagan kuchli jamoalar asosan pressing qiladi. Maydonda to'rt nafar futzalchi harakat qilsa, uchtasi birdaniga pressing qiladi. Ular shu yo'l bilan raqibga nafas olishga bermaydi. Men Gvatemala va Misrni mag'lub etib, Rossiyadan keyin ikkinchi o'rin bilan chiqamiz deb o'ylagandim. Lekin birinchi o'yindagi mag'lubiyatdan keyin mushkul vaziyatga tushib qoldik. 

X.Xoliqov suhbatlashdi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика