So’nggi yangiliklar

12:40"Насаф"нинг халқаро майдондаги мағлубиятли серияси давом этмоқда  4 12:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли"нинг мағлубиятсиз серияси 19 та ўйинга етди  0 11:56"Насаф"нинг асосий ҳимоячиси "Ал Ҳилол"га қарши ўйнай олмайди  3 11:38Гол ўтказмаган посбон, "Нефтчи"ни ютган мураббий ва 30 ёшли легионер — Суперлигада 21-турнинг энг яхшилари​  3 11:20Дориев, Норчаев, Яшин, Йўлдошев ва бошқалар... Суперлига 21-тур рамзий терма жамоаси  1 11:04Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиёнинг номдор жамоасига қарши баҳс олиб боради  0 10:38Жаҳон чемпиони 31 ёшида фаолиятини якунлади  4 10:12Goal АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши ҳужумчисини эълон қилди  9 09:45Sofascore. Алиқулов энг яхшиларидан бири бўлди  1 09:18Сентябр-октябрь ойидаги ФИФА кунларига ўзгартириш киритилди. Қарор келаси йилдан кучга киради   2 08:51Ҳусанов рамзий термадан жой олди  7 08:23Пролига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0 07:55"Ал Аҳли" бош мураббийи: Биринчи бўлимда яхши ўйнашимизга тўсқинлик қилган сабаблар кўп"   12 07:28Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  19 07:25Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 4:2  5

Futzal. Feruz Faxriddinov: "CHempionatda to'purar bo'lishga harakat qilaman" Yangiliklar

Futzal. Feruz Faxriddinov: "CHempionatda to'purar bo'lishga harakat qilaman"

10-13 dekabr kunlari Samarqandda futzal bo'yicha O'zbekiston XIX milliy chempionatining ikkinchi tur bellashuvlari bo'lib o'tgan edi.
Ana shu tur o'yinlarida Qarshining "Nasaf" jamoasi vakili Feruz Faxriddinov raqiblari darvozasini 11 bor aniq nishonga oldi. SHu munosabat bilan ikkinchi turda eng ko'p gol urgan o'yinchini suhbatga chorladik.

- “Nasaf” ikkinchi turga qay tarzda tayyorgarlik ko'rdi?
- Ikkinchi tur uchrashuvlari boshlanishidan bir oy oldin jamoa Qarshidagi “Geolog” sport majmuasida yig'ildi va o'sha erda kuniga bir maxaldan mashg'ulot olib bordik. Tur o'yinlari boshlanishiga ikki kun qolganda esa Samarqandga etib bordik.


- O'yiningizdagi o'sish borasida nima deya olasiz?
- Samarqanddagi uchrashuvlarda ko'rsatgan sermahsul o'yinimning asosiy sababi jamoa bilan bir bo'lib harakat qilganimizda deb o'ylayman.


Birinchi turga to'xtaladigan bo'lsam, jamoamiz Oliy ligada ilk marta ishtirok etayotgani uchun qiyin bahslarni o'tkazdik. Ikkinchi turga kelib esa jamoamiz xatolardan to'g'ri xulosa chiqargan holda o'z o'yinini topib oldi. Klubimizda ichki muhit alo darajada deb ayta olaman, hammamiz bir jamoa bo'lib g'alaba uchun maydonga tushamiz.


- “Maksam-CHirchiq” bilan bahsda beshta to'p kiritdingiz...
- Biz bilan o'yingacha chirchiqliklar ketma-ket uchta g'alabani qo'lga kiritishgandi, shuning uchun ham uchrashuv boshlanishidan oldin bizda raqibdan biroz cho'chish bor edi. To'plar nisbatini yaxshilab olish uchun ham bosh murabbiyimiz pressing qilishimizni takidladilar.


- CHempionat to'purarlar poygasida ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldingiz, yakunda ham to'purarlar orasida bo'lishingizga ishonasizmi?
- Oliy ligada birinchi marta o'ynayotganim uchun ham bu ancha qiyin bo'ladi, buning ustiga hozir to'purarlik qilib turgan Javlon Anorov tajribali o'yinchi, lekin unga jiddiy qarshilik ko'rsatishga harakat qilaman.


- Jamoa oldiga aniq vazifa qo'yilganmi?
- Mavsum boshlanishidan avval klub oldiga kamida uchinchi o'rinni olish vazifa qilib qo'yilgan. SHunday bo'lishiga qaramay chempionlik uchun ham kurashamiz. Bosh murabbiyimiz Akrom Yo'ldoshev jamoaga deyarli barcha sharoitlarni yaratib bermoqdalar.

Tolibjon Qosimov suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика