So’nggi yangiliklar

15:07"Ливерпуль" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  0 14:40"Арсенал" "Лейпциг" ҳужумчисини сотиб олиш режасидан воз кечмаган  0 14:14Хавига МЮда ишлаш варианти таклиф этилмоқда  5 13:49"Байер" ярим ҳимоячиси "Бавария"га ўтмоқчи  0 13:21Амир Ғаленои: "Биз дастлабки икки учрашувда гол ўтказиб юбормаган ягона жамоамиз. Эрон – дунёдаги энг яхши мамлакат"  11 12:55Германия дарвозабони терма жамоага чақирувдан бош тортди  0 12:25Клопп футболга қайтмоқда!  3 11:53Жалолиддин Машарипов: "Эроннинг кучсиз томонлари ҳақида эронлик журналистлар олдида гапиришим тўғри эмас"  5 11:42Владо Радманович: "Катанец билан ўйин давомида доимий алоқада бўламиз"  13 11:20Ўзбекистон Эронга қарши қандай либосда ўйнаши маълум  3 10:55"Ливерпуль" ёзда Салоҳнинг ўрнига бошқа бир мисрлик футболчи билан шартнома тузмоқчи  1 10:26"Манчестер Сити"нинг "устуни" ёзда жамоани тарк этади  0 09:52Ислом Маматказин: “Ўйинни ўзида ютиб кетишимизга ишонгандик. Қандайдир ўзгача руҳият бор эди”  10 09:20Франческо Тотти ўзининг идеал футболчисини йиғди  5 08:43"Бавария" Мусиалани жамоада олиб қолиш учун ойлигини беш бараварга оширишга тайёр  1

Futzal. Farrux Zokirov: "Sovrinli o'rinlar uchun kurashishda davom etamiz" Yangiliklar

Futzal. Farrux Zokirov: "Sovrinli o'rinlar uchun kurashishda davom etamiz"

AGMK hamda "Neftchi" futzal (3:4) jamoalari o'rtasidagi bahsdan so'ng farg'onaliklar bosh murabbiyi Farrux Zokirov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi

- AGMK jamoasi tarkibida O'zbekiston terma jamoasining ko'plab futbolchilari to'p surishini yaxshi bilasiz. Raqibning saviyasidan kelib chiqib safarda bizga oson bo'lmasligini sezgandik. Birinchi bo'lim durang hisobida yakunlandi. Bahsdan avval yigitlarga har bir imkoniyatdan maksimal foydalanish kerakligini uqtirgandim. Ikkinchi bo'limga faqat g'alaba uchun chiqdik. CHunki Farg'onada o'tgan "So'g'diyona" bilan javob bahsida mag'lub bo'lgandik. SHu sabab Olmaliqda g'alabadan boshqa yo'limiz yo'q. Lekin raqib bugun bizga juda katta bosim qildi. Yigitlarga rahmat deb qolaman. Raqibning mana shu bosimidan xatosiz o'ta olishdi.

- G'alabaga asosiy sabab sifatida nimani ko'rsata olasiz ?

- "Neftchi" rahbariyatining futzalchilarimizga bo'lgan yuqori ishonchi ularni g'ayrat va shijoatini oshirib yubordi. Bugun aynan mana shu omillar va o'zimizga bo'lgan ishonchimiz g'alaba qozonishimizga sabab bo'ldi deyishim mumkin. Farg'ona jamoasi chempionatda faqat sovrinli o'rinlar uchun kurashadi. "So'g'diyona"dan uchralgan mag'lubiyatdagi aybimizni yuvish uchun ham bugun astoydil harakat qildik.

- AGMK va "Paxtakor" jamoalari ayni paytda turnir jadvalida peshqadamlik qilishmoqda. Mazkur raqiblarni ham ortda qoldirish imkoniyatlarini qanday baholaysiz ?


- Hozirgi paytda shu jarayonlarni boshdan o'tkazyapmiz. AGMK bilan o'yindan so'ng bizni Farg'onada "Paxtakor"ga qarshi jiddiy o'yin kutmoqda. Mana shu ikki o'yinda biz oltin ochkolar uchun raqobat olib boramiz. Birinchi o'ringa ko'tarilib olishimiz, ko'p jixatdan mazkur bellashuvlarga bog'lik sanaladi. Nasib qilsa, o'z oldimizga qo'ygan maqsadga erishib farg'onalik muxlislarni xursand qilmoqchimiz. Yana bir bor bugungi o'yin uchun shogirdlarimga rahmat aytib qolaman.

Hojiakbar Jabborov yozib oldi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика