So’nggi yangiliklar

11:07Биласизми? Ўзбекистон - БАА учрашувини Осиё кубоги финалида 3та пенальти белгилаган ҳакам бошқаради  2 10:41Клоппнинг "Ред Булл"даги ойлиги маълум   0 10:17Лионель Месси Ўзбекистон ёшлари билан кўришди. Муҳаммадали Ўринбоев эса "жек"ни урди   0 10:07"Манчестер Сити" Холандга ўринбосар топди  0 09:35"Арсенал" АПЛнинг икки нафар футболчиси учун 80 миллион фунт сарфлашга тайёр  0 09:03"Барселона" АҚШга кетган собиқ футболчилари учун пул тўлашда давом этади  3 08:31Суперлига. Бугун "Навбаҳор" Самарқандда меҳмон бўлади  5 07:55Ўзбекистон футзал терма жамоаси ЖЧдаги омадсизликлардан сўнг ФИФА рейтингида анча пастга тушиб кетди  12 07:27Про лига. Бугун 20-турнинг қолдирилган баҳси бўлиб ўтади  0 02:14Ўзбекистон U20 термаси Аргентинага мағлуб бўлди  7 01:45Миллатлар лигаси. Германия, Туркияда ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:24Миллатлар лигаси. Польшадаги стадионда чироқ ўчиб қолди  1 00:44Мудрик 5 ой деганда гол урди  3 00:14Тухель Англияда иш бошлаши мумкин  2 23:54Ўртоқлик ўйини. "Бунёдкор" - ОКМК 5:5  1

Futzal. Bugungi o'yinlardan keyin murabbiylar fikrlari Yangiliklar

Futzal. Bugungi o'yinlardan keyin murabbiylar fikrlari

Teglar :  futzal
Bugun bo'lib o'tgan futzal bo'yicha O'zbekiston chempionatining 4-tur 1-kungi bahslaridan keyin murabbiylar shunday fikrlarni bildirishdi.

Aleksandr Petrov (AGMK futzal jamoasi bosh murabbiyi):

 – “Nasaf” bilan o'yinimiz qiyin kechdi. Raqiblarimiz jiddiy qarshilik ko'rsatishdi. Birinchi bo'limda hisobda oldinda borishdi, biz hatto penaltidan ham foydalana olmadik. Lekin shogirdlarimga rahmat, o'zlarini yo'qotib qo'yishmadi, ohirigacha kurashishdi va kerakli natijani qayd etishdi. Kamchiliklarimizni o'rganamiz, tahlil qilamiz. Tarkibimizning yarmi yangi kelgan yigitlardan iborat, ularning jamoa bilan moslashib ketishi uchun vaqt kerak bo'ladi. Ishlashda davom etamiz.

Alisher Yusupov (“Nasaf” futzal jamoasi bosh murabbiyi): 

- Garchi mag'lubiyatga uchragan bo'lsakda, o'yin juda chiroyli o'tdi. Mazmunli xatti-harakatlari uchun shogirdlarimdan minnatdorman. Aslida o'yin teng kurashlar ostida kechdi, raqib darvozasi oldida yuzaga keltirgan bir qator xavfli vaziyatlardan foydalana olmadik. Faqat o'z xatolarimiz evaziga ochko yo'qotdik. Raqibimiz AGMK jamoasini g'alaba bilan tabriklayman.

SHuhrat Tashmedov (“Paxtakor” futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- O'yinni yomon boshlamadik, ayniqsa dastlabki to'rt daqiqada raqib darvozasiga tezkor uchta gol kiritganimiz bizning foydamizga ishladi. Futzalchilarimiz biroz xotirjamlikka berilishgandek bo'lganida raqiblarimiz gol urishdi. Keyin baribir o'yin tizgini yana o'zimizda bo'ldi. Ikkinchi bo'limda ham shu vaziyat – biz tomondan tezkor gollar, raqibning javobi, yana shogirdlarimning mahorati... “Stroitel-Zarafshon” tarkibi ancha yoshargan, lekin birinchi turdagi o'yin uslubiga nisbatan ijobiy o'zgarishlar ko'zga tashlandi. Bir so'z bilan aytganda tajriba evaziga biz g'alaba qozondik. 

Iskandar Mahmudov (“Stroitel-Zarafshon” futzal jamoasi bosh murabbiyi): 

- Raqibimiz texnik va taktik tomondan bizga nisbatan ancha kuchli. Biznikilar endi-endi o'yin amaliyotiga ega bo'lib, tajribalarini oshirib boryapti. Davralar oralig'ida tajribali futzalchilarni jalb etib, o'yinimizni shakllantirmasak bo'lmaydi. Nasib qilsa ikkinchi davrada muvaffaqiyatsiz seriyalarimizga chek qo'yishga harakat qilamiz.

Abdulla Bo'riev (“Bunyodkor” futzal jamoasi bosh murabbiyi): 

- O'zingiz guvohi bo'lganingizdek, yigitlarim O'zbekiston terma jamoasiga qarshi to'p surgandek bo'lishdi. Sababi, raqibimiz tarkibining 80% terma jamoa azolari, ularning aksariyati esa Jahon chempionati ishtirokchisi. SHundan kelib chiqib o'yinni oson kechmasligini bilardik.

Kuchli jamoaga qarshi alohida o'yin uslubi ishlab chiqdik. SHogirdlarim barcha talablarimni bajarishdi, raqibga qarshi munosib harakat qilishdi. Ortda borib hisobni tenglashtirdik ham. Lekin o'zimiz yo'l qo'ygan mayda xatolar, qolaversa, raqibning xalqaro tajribasi tufayli mag'lubiyatga uchradik.

Ertaga yanada kuchli raqibga qarshi maydonga tushamiz. Imkon qadar xatolarimizni kamaytirish, raqibdan ustun kelish yo'llarini izlashimiz uchun esa vaqtimiz ko'p emas, lekin harakatni davom ettiramiz.

Bahodir Ahmedov (“Huaxin-Jizzax” futzal jamoasi bosh murabbiyi): 

- “Bunyodkor” jamoasi futzalchi va murabbiylariga rahmat aytmoqchiman. Juda chiroyli, mazmunli o'yin namoyish etishdi. Bugun ham avvalgilardek ko'plab mayda xatolarga yo'l qo'ydik, qanchadan-qancha vaziyatlardan foydala olmadik. Lekin oldimizga qo'ygan asosiy vazifani bajardik – uch ochkoni qo'lga kiritdik. Keyingi o'yinlarda imkon qadar xatolikka yo'l qo'ymaslik, yanada mazmunli o'yin namoyish etishga harakat qilamiz.

Abdujabbor G'apporov (“Maksam-CHirchiq” futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- Mavsumdagi eng yomon o'yinlarimizdan biri bo'ldi. Qanchadan-qancha vaziyatlarni ko'kka sovurdik. Vaholanki bekobodliklar tarkibida darvozabon bo'lmagan o'yinchi darvozani qo'riqladi. U mahorat ko'rsatdi demagan bo'lardim, biznikilar tepgan to'plar unga borib tegaverdi. Aksincha, ular har bir vaziyatdan unumli foydalanishdi. Bugun raqibimiz kuchli ko'rindi – to'p bilan va to'psiz harakatlarda ham, tablodagi hisobda ham. Ularni tabriklayman.

Ravshan Rajabov (“Metallurg” futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- Bugun shogirdlarim o'yinidan ko'nglim to'ldi. Ham chiroyli, mazmunli to'p surishdi, ham yakunda kuchli raqib ustidan g'alaba qozonishdi. Yutug'imizning bosh omili esa himoyaviy taktikani tanlaganimiz bo'ldi. Navbatdagi uchrashuvda esa raqibga qarab taktika yana o'zgaradi. Muhimi - shogirdlarim o'gitlarimdan to'g'ri xulosa chiqarishayotganligida.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика