So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi OCH saralashini Eronda o'tkazadi Yangiliklar

Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi OCH saralashini Eronda o'tkazadi

SHu yilning 15–17 oktyabr kunlari Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasining futzal bo'yicha Osiyo chempionatiga saralash bosqichi uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Mazkur mintaqaning saralash bellashuvlari Eronning Tabriz shahrida bo'lib o'tadi. Bahodir Ahmedov bosh murabbiyligidagi terma jamoa “A” guruhidan joy olgan bo'lib, OCH yo'llanmasi uchun Qirg'iziston, Turkmaniston va Nepalga qarshi bahs yuritadi. “B” guruhida mezbon Eron termasi Afg'oniston va Tojikiston bilan kuch sinashadi.

Guruhlarda 1–2 o'rinlarni egallagan jamoalar Osiyo chempionati yo'llanmasiga ega bo'ladi. Saralash o'yinlari  15–17 oktyabr kunlari o'tkaziladi. Quyida O'zbekiston termasi o'rin olgan “A” guruhi taqvimi bilan tanishing.

Futzal bo'yicha OCH saralashi

“A” guruhi. 15–17 oktyabr

Tabriz shahri, Eron

15 oktyabr, yakshanba

15:30  O'ZBEKISTON – Nepal

18:00  Qirg'iziston – Turkmaniston

16 oktyabr, dushanba

15:30  Nepal – Qirg'iziston

18:00  Turkmaniston – O'ZBEKISTON

17 oktyabr, seshanba

15:30  O'ZBEKISTON – Qirg'iziston

18:00  Turkmaniston – Nepal

Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi shu kunlarda Toshkentda yig'in o'tkazmoqda va bo'lajak bellashuvlarga tayyorgarlik ko'rmoqda. Avvalroq Osiyo chempionati saralash bosqichida ishtirok etadigan futzalchilar ro'yxati elon qilingandi.

Malumot uchun, futzal bo'yicha Osiyo chempionati 2018 yilning 6–18 fevral kunlari Xitoy Taypeyi mamlakatida bo'lib o'tadi. Qita birinchiligida jami 16 jamoa chempionlik uchun kurash olib boradi.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика