So’nggi yangiliklar

21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  0 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  1 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  1 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  14 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  6 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  14 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  7 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  2 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  2 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  7

Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Eronga etib bordi Yangiliklar

Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Eronga etib bordi

Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi 2018 yilgi Osiyo chempionatiga saralash bosqichida ishtirok etish uchun bugun, 14 oktyabr kuni tungi soat 02:00 da Eronning Tabriz shahriga etib keldi.

Bugun mahalliy vaqt bilan ertalabki 09:15 da jamoa azolari rasmiy mashg'ulot o'tkazadi. SHundan keyin musobaqa oldidan o'tkaziladigan rasmiy tadbirlar, shu jumladan, matbuot anjumani ham bo'lib o'tadi.

Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasining futzal bo'yicha Osiyo chempionatiga saralash bosqichi bellashuvlari 15–17 oktyabr kunlari bo'lib o'tadi.

Bahodir Ahmedov bosh murabbiyligidagi terma jamoa “A” guruhidan joy olgan bo'lib, OCH yo'llanmasi uchun Qirg'iziston, Turkmaniston va Nepalga qarshi bahs yuritadi. “B” guruhida mezbon Eron termasi Afg'oniston va Tojikiston bilan kuch sinashadi.

Futzal bo'yicha OCH saralashi
“A” guruhi. 15–17 oktyabr
Tabriz shahri, Eron


15 oktyabr, yakshanba

15:30  O'ZBEKISTON – Nepal
18:00  Qirg'iziston – Turkmaniston

16 oktyabr, dushanba

15:30  Nepal – Qirg'iziston
18:00  Turkmaniston – O'ZBEKISTON

17 oktyabr, seshanba

15:30  O'ZBEKISTON – Qirg'iziston
18:00  Turkmaniston – Nepal

Izoh: Uchrashuvlar soati Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan

O'zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi saralash bosqichi uchrashuvlariga jami 14 o'yinchini taklif qildi. Quyida ular bilan tanishing:

Darvozabonlar

Rustam Umarov (“Ardus”)
Akmal Xazratqulov (“Do'stlik-AIN”)

O'yinchilar
Artur Yunusov (“Ardus”)
Konstantin Sviridov (“Olmaliq”)
Farhod Abdumavlonov (“Ardus”)
Ilhom Hamroev (“Ardus”)
Davron CHoriev (“Ardus”)
Davron Abdurahmonov (“Ardus”)
Ixtiyor Ropiev (“Maksam-CHirchiq”)
Husniddin Nishonov (“Nafis”)
Dilmurod SHavkatov (“Ardus”)
Mashrab Odilov, (“Ardus”)
Anasxon Rahmatov (“Ardus”)
Dilshod Rahmatov (“Dalyan Puvan Anbo”)

Malumot uchun, guruhlarda 1–2 o'rinlarni egallagan jamoalar Osiyo chempionati yo'llanmasiga ega bo'ladi. Futzal bo'yicha Osiyo chempionati 2018 yilning 6–18 fevral kunlari Xitoy Taypeyi mamlakatida bo'lib o'tadi. Qita birinchiligida jami 16 jamoa chempionlik uchun kurash olib boradi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика