So’nggi yangiliklar

22:19Ўзбекистон U-21 ўртоқлик ўйинида Иордания U-23 билан дуранг ўйнади  0 22:00АПЛ. "Ливерпуль" ва "Арсенал" кичик ҳисобда ғалабалар қайд этди  1 21:51Саудия Арабистони. 10 ўйинда 10 ғалаба: "Ал Насср" ўз майдонида "Ал Уҳдуд"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  2 21:44АПЛ. "Челси" - "Астон Вилла" учрашуви асосий таркиблари маълум!  1 21:33"Нефтчи" Эргашев, Сайфиев ва Алибоев билан шартномани узайтирди  4 21:2010 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар  11 20:52Ван Дейк "Вулверхэмптон"га қарши ўйиндан олдин Жотанинг фарзандлари билан майдонга тушди  3 20:24Пеп Гвардиола: "Байрамда йиғилган барча ортиқча вазн шу ўйинда ташланди"  1 19:55"Реал" Себальоснинг ўрнига 60 млн евролик футболчини сотиб олиши мумкин  3 19:39FUTSAL AWARDS – 2025: Йилнинг энг яхшиларини тақдирлаш маросими бўлиб ўтди  0 19:27АПЛ. Шеркининг 83-дақиқада урган голи "Ман Сити"га меҳмонда "Ноттингем Форест" устидан ғалабани тақдим этди, "шаҳарликлар" турнир жадвалида биринчи ўринга чиқиб олишди  18 19:02"Ал Насср" — "Ал Оҳдуд". Таркиблар маълум  0 19:00"Арсенал" — "Брайтон". Таркиблар маълум  4 18:21“Барселона” “Манчестер Сити” марказий ҳимоячисига кўз тикди  2 17:59Расман: “Нефтчи” Баҳодирхонов, Шокиров ва Жумаевни ўз сафига қўшиб олди  15

Futzal bo'yicha Osiyo Kubogi-2022. O'zbekiston Tailandga 8ta gol urdi va bronza medallarini qo'lga kiritdi Yangiliklar

Futzal bo'yicha Osiyo Kubogi-2022. O'zbekiston Tailandga 8ta gol urdi va bronza medallarini qo'lga kiritdi

Bugun Quvayt mezbonlik qilayotgan futzal bo'yicha XVI Osiyo chempionati o'z yakuniga etadi.

Birozdan so'ng uchinchi o'rin uchun Bahodir Ahmedov boshchiligidagi terma jamoamiz Tailand bilan kuch sinashdi.

O'zbekiston futzal terma jamoasi Osiyo kubogi-2022 bronza medallari sohibi.


Futzal bo'yicha Osiyo Kubogi-2022

3-o'rin uchun bahs

 Tailand – O'zbekiston 2:8

Kuvayt Siti, "Saad Al Abdulloh Hall" sport majmuasi. 19:00

Gollar: N.Vingvon 2, V.Srirangpirot 27 - I.Ropiev (I.Hamroev) 2, 26, D.CHoriev 6, E.To'lqinov (M.Odilov) 14, H.Nishonov (I.Hamroev) 16, S.Jo'raev 22, A.Rahmatov (D.CHoriev) 23, I.Hamroev 31

Tailand (birinchi beshlik): 12.Katavut Xankampa, 3.Vorasak Srirangpirot, 4.Krit Aransanyalak, 13.Saravut Palapruek, 14.Narongsak Vingvon.

Zaxira: 1.Panurat Olan, 2.Panut Kittipanuvong, 5.Ronnachai Jungvongsuk, 6.Itticha Prapapan, 7.CHarundich Muentiang, 8.Jetsada CHudech, 9.Subhavut Tuenklang 10.Varut Vangsama-Aeo, 11.Tanatip Sangsung.

O'zbekiston (birinchi beshlik): 1.Rustam Umarov, 4.Ixtiyor Ropiev, 6.Ilhom Hamroev, 8.Husniddin Nishonov, 10.Davron CHoriev.

Zaxira: 12.Ravshan Eliboev, 2.Anasxon Rahmatov, 3.Mashrab Odilov, 5.Sunnat Jo'raev, 7.Dilshod Rahmatov, 9.Elbek To'lqinov, 11.Akbar Usmonov, 13.SHahram Faxriddinov, 14.Davlat Ibragimov.

Ogohlantirishlar: T.Sangsung 11 - D.Rahmatov 5, I.Hamroev 22


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



Uchrashuv yakunlandi. O'zbekiston futzal terma jamoasi Osiyo kubogi-2022 bronza medallari sohibi.

40 - Zarbaaa, o'yin tugashiga 5 soniya qolganda S.Jo'raevdan pushka va darvozabon chiroyli seyv ijro etdi.

40 - Rustam Umarov Subhavut bilan birga birda bizni goldan qutqardi.

39 - O'yin ancha sokinlashib qoldi.

36 - Eliboev jamoamizni goldan qutqarib qoldi.



31 - Gooooooollllllll, asal gol, asal. Ilhom Hamroev bo'sh darvozani o'z darvozasi oldidan nishonga oldi. 

27 - GOL, S.Jo'raev to'pni oldirib qo'ydi va Vorasak Srirangpirot gol urib ketdi.

26 - Goooooolllll, Ixtiyor Ropiev raqibni xato uchun jazoladi.

23 - Goooooolllllll, Davron CHorievning pasidan keyin Anasxon Rahmatov gol urdi. Bugun tailandliklar darvozasi oldida ochiq eshiklar kuni.

22 - Gooooooolllllllll, Sunnatilla Jo'raev jarimadan to'pni darvozaga mixlab qo'ydi. Tiqvordi o'ziyam.

22 - I.Hamroev ogohlantirildi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi, hozircha yirik hisobda oldindamiz. Barakalla, yigitlar!



16 - Gooooollllll, Husniddin Nishonovvvvv!!!! Hamroevning pasidan keyin Husniddin juda chiroyli gol urdi.

14 - Gooooooolllllll, Elbek To'lqinovvvv! M.Odilovning burchakdan oshirgan to'pini yosh hujumchimiz erlatib darvozaga yo'lladi.

14 - Sunnatilla Jo'raevning zarbasini Xankampa egallab oldi.

Tailand ustozi 1 daqiqalik taym-aut oldi.

11 - CHorievning zarbasini posbon qaytardi.

6 - Gooooooolllllll, Davron CHorievvvvv! Ropiev zarba berdi, to'p to'singa tegib qaytdi, qaytgan to'pni CHoriev darvozaga joylab qo'ydi.

6 - Uhhhh, D.CHoriev darvozamizga kirib ketayotgan to'pni qaytarib yubordi va bizni goldan asradi.

5 - Zarbaaa, Anasxon Rahmatovning zarbasini Xankampa qaytardi.

5 - Jetsada CHudechga qo'pollik qilgani uchun D.Rahmatov ogohlantirildi.

5 - Raqib posboni Xankampa bergan zarbani bizning darvozabon Eliboev qaytardi.

2 - Gollllllll, Ixtiyor Ropievvvvv. Hisobni tezda tenglashtirdik. I.Hamroevdan golli pas.

2 - GOL, o'yindagi birinchi zarba golga aylandi. Vingvon oddiy gol urib ketdi.

Uchrashuvni tailandliklar boshlab berishdi.

Har ikki mamlakat madhiyalari yangradi, tomonlar jamoaviy suratlarga tushishdi.



Bugungi raqibga qarshi O'zbekiston terma jamoasi qita birinchiligida so'nggi bor 2016 yil to'qnash kelgan. Toshkent mezbonlik qilgan Osiyo kubogining yarim finalida asosiy vaqt 1:1, qo'shimcha bo'limlardan so'ng 2:2 hisobi qayd etilgan va penaltilar seriyasida vakillarimiz D.Irsaliev, F.Faxriddinov hamda K.Sviridovlarning gollari evaziga 3:1 hisobida zafar quchishgan.

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика