So’nggi yangiliklar

21:20БААга қарши ўйин олдидан термамизда жиддий йўқотиш  7 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон 0:0  0 21:04ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб қолган Эрон билан дуранг ўйнади  563 20:55ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Амманда ишончли ғалаба қайд этди  1 20:30ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйиннинг асосий таркиблари маълум!  3 19:30Рауль мавсум охирида "Кастилья"дан кетади  0 18:47ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон: "Ўзбекистоннинг 12-футболчиси" ўйинга тайёр   2 17:45ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон: Асосий таркиблар маълум  44 17:37Ўзбекистон - Эрон: Терма жамоамиз "Бунёдкор" стадионига етиб келди  3 17:28Саутгейт: "Яқин бир йилда мени кутманг"  2 17:00Сиаваш Ҳақназари: "Бугун очиқ ва ҳужумкор футбол гувоҳи бўламиз"  5 16:37"Манчестер Юнайтед" Франция терма жамоаси ҳужумчисига қизиқмоқда  2 16:22ЖЧ-2026 саралаши. Австралия иродали ғалабага эришди   1 15:10"Манчестер Сити" Эдерсонга ўринбосар топди  0 14:29"Байер" Вирцни қўйиб юбормоқчи эмас  0

Futzal, ayollar va U18 jamoalariga beetibor Superliga klublari jazolanadi Yangiliklar

Futzal, ayollar va U18 jamoalariga beetibor Superliga klublari jazolanadi

Superligasi klublariga qo'yilgan talablar yuqori. 12 ta klubning har birida alohida ayollar jamoasi, futzal jamoasi, yoshlar jamoasi va U18 jamoasi bo'lishi shart.

Bu talablarni bajarish, albatta, oson emas. Ammo Pepsi Superliga klublari mavsum avvalidayoq buni bilgan va shu ishlarni bajarish kafolatini bergan. SHunga qaramay, ayrim jamoalar futzalchilarga yoki eng kichik yosh jamoalarga etiborni susaytirib yuborgan. Bu borada PFL shikoyatlar qabul qilib turibdi.

SHundan kelib chiqib, Professional futbol ligasi Superliga klublarini rasman ogohlantiradi. SHakli jihatidan boshqa-boshqa bo'lishiga qaramay, ayollar futboli va futzal jamoalari ham klubning teng huquqli azosidir. SHu qoida kimningdir yodidan ko'tarilgan bo'lsa, o'sha jamoa jazoga tortiladi.

Ayni vaqtda bir qator klublarda moliyaviy muammolar borligidan PFL xabardor. Moliyaviy masalalar girdobida qolgan jamoalar muammosiga echim topish uchun O'FA rahbariyati ham jiddiy harakat qilmoqda. Futbol klublarining rivojlanishi va shu yo'l orqali mamlakat futbolida o'sish bo'lishidan barchamiz manfaatdormiz.

O'z navbatida klublar rahbariyati ham qo'l qovushtirib o'tirishi kerak emas. Futboldagi islohotlar davrida hech kimga oson bo'layotgani yo'q. SHunday ekan, jangsiz taslim bo'lish yarashmaydi. Klublar o'zida bor muammolar, echim topmayotgan masalalar yuzasidan jiddiy ish olib borsin, OAV bilan ishlasin va hokazo. Bizning muammolarimizni tashqaridan kimdir kelib hal qilib bermaydi.

PFL talabi esa o'zgarmaydi. Pepsi Superligasi klublari asosiy tarkib futbolchilariga qanday etibor qaratsa, qolganlar ham shunday etiborda bo'lishi lozim. O'z navbatida Pro-Liga klublari ham hozirdanoq bu kabi talablar haqida bosh qotirishi shart. Zero bu talablarga javob bera olmaydigan klublar baribir Superligaga qo'yilmaydi.

P.S. Xabar matni klublarga alohida-alohida jo'natildi. Bundan buyon klubdagi qolgan jamoalar ham nazorat qilinadi. Ulardagi muammolar uchun klub rahbariyati javob beradi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика