So’nggi yangiliklar

10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  1 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  2 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  2 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  1 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  10 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  14 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  12 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  11 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  4 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  3 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  12

Futzal. Andrey SHlyoma: Lokomotiv chempionlik uchun kurashadi Yangiliklar

Futzal. Andrey SHlyoma: Lokomotiv chempionlik uchun kurashadi

SHu yilning 4-6 mart kunlari O'zbekiston sport majmuasida futzal bo'yicha mamlakat XVIII milliy chempionatining ikkinchi bosqich 1-tur o'yinlari bo'lib o'tadi.
Birinchi bosqich yakunlariga ko'ra peshqadamlik qilayotgan amaldagi chempion Lokomotiv o'z hamshaharlari Paxtakor futzalchilari bilan kuch sinashadi. Masuliyatli o'yinlar oldidan temiryo'lchilar safida yorqin o'yinlar namoyish etayotgan hamda ushbu mavsumda o'z hisobiga 27ta gol yozdirib qo'ygan holda to'purarlar ro'yxatida Dilshod Raxmatov bilan birga etakchilik qilib turgan Andrey SHlyoma klub rasmiy sayti uchun intervyu berdi. Quyida ushbu suhbatni hukmingizga havola qilamiz.

- Andrey, siz bir necha mavsumdirki Ardus safida ajoyib o'yinlar namoyish etib kelayotgan edingiz. Sobiq jamoangizning principial raqibi tarkibida paydo bo'lishingiz ko'pchilikni hayron qoldirdi?
- To'g'ri aytdingiz, men ko'p yillardan beri Ardus safida to'p surib kelayotgan edim. Qolaversa, jamoa bilan shartnomam bor edi. Ammo, joriy yilgi mavsum boshlanishi arafasida meni Lokomotiv safiga jamoaning bosh murabbiyi Axad Yusupov taklif qildi. Men esa uzoq o'ylab o'tirmasdan bu taklifni qabul qildim va ijara asosida temiryo'lchilar safiga qo'shildim.

- Sizningcha, joriy yilgi chempionatimizda saviyaga o'sganmi yoki aksincha?
- Menimcha, milliy chempionatda raqobat va keskinlik ortdi. Buni garchi Lokomotiv g'oliblikka asosiy davogar sanalsa-da O'zbekiston kubogi yarim finalida yutqazib qo'yganidan ham bilish mumkin. To'g'ri, yarim finaldagi raqibimiz ham anoyi emasdi. Lekin nima bo'lganda ham bu yilgi chempionatda saviya oshgan. Buni o'sha Kogon yoki Do'stlik AIN jamoalari qayd etayotgan natijalar ham ko'rsatib turibdi.

- Ardus bu yil ham mavsumning hal qiluvchi pallasida o'z tarkibini Qozog'istondan qaytadigan legionerlarimiz hisobiga ko'chaytirib, chempionlik poygasida yangi jamoangizga jiddiy raqobat tug'dirishi mumkinmi?
- Bu borada bir narsa deyishim qiyin. Lekin shunday bo'lgan taqdirda ham biz bundan aslo cho'chimaymiz. CHunki, tarkibimizda ko'plab mahoratli futbolchilar jamlanishgan va Lokomotiv chempionlikni o'z qo'lida saqlab qolishga harakat qiladi.

- Bu yil Lokomotiv Osiyo CHempionlar ligasi saralash bahslarida ishtirok etadi. Jamoamizning bu musobaqadagi imkoniyatlarini qanday baholaysiz? Hozirgi tarkib bilan yuqori maqsadlar uchun kurasha olamizmi?

- Yuqorida aytganimdek, jamoamizning hozirgi tarkibi ham chakka emas. Biroq, Osiyo CHempionlar ligasida yuksak maqsadlar uchun kurashishda bizga yuqori malakali legioner futbolchilar ortiqchalik qilmasdi.

- Osiyo CHempionlar ligasi saralash o'yinlari oldidan tarkib o'zbekistonlik mahoratli futbolchilar hisobiga ko'chaytirilishi mumkinmi?

- Buni jamoa rahbarlari va murabbiylar shtabi hal qilishadi. Mening vazifam o'ynash, jamoa g'alabalariga munosib ulush qo'shishdan iborat.

- Stroitel-Zarafshonga qarshi o'yinda raqib darvozasini 13 bor ishg'ol qildingiz. Ilgari ham siz bilan shunga o'xshash holat kuzatilganmi?

- Bundan avval ham tez-tez va ko'plab gollar urib turardim. Ammo, bir o'yinda 13ta gol urganimni eslolmayman. Umuman, o'zimning to'purarlik qobiliyatimni namoyish etish uchun astoydil harakat qilmoqdaman.

- So'nggi savol: chempionlik uchun kurashda qaysi jamoalar Lokomotivga munosib qarshilik ko'rsatishi mumkin, deb hisoblaysiz?

- Menimcha chempionlik kurashida Maksam-CHirchiq, Ardus, Kogon jamoalarining imkoniyatlari yuqori. Ammo, qolgan jamoalarni ham safdan chiqarish kerakmas. Buyog'iga chempionat pley-off tizimida davom etadi va bu barcha jamoaga imkoniyat beradi.SHunga qaramay biz chempionlik uchun oxirigacha kurashamiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика