Futzal. Alisher Ibragimov: "Bugun juda og'ir o'yin bo'ldi"
19 mar 2014 17:19
Yangiliklar

Futzal. Alisher Ibragimov: "Bugun juda og'ir o'yin bo'ldi"
Futzal bo'yicha XVIII O'zbekiston milliy chempionatining yarim final bosqichi uchinchi kun uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Unda Qarshining "Do'stlik-AIN" klubi Andijonning "Turon-S" jamoasini mag'lub etib, finalga yo'l oldi. O'yindan so'ng qarshiliklar azosi Alisher Ibragimov uchrashuv haqida fikrlarini bildirib o'tdi.
- Bugun juda ham og'ir o'yin bo'ldi. Birinchi uchrashuvda raqibning kuchini to'g'ri baholay olmaganimiz uchun mag'lub bo'lgan edik. Keyingi ikki baxsda esa tamomila boshqacha tayyorgarlik ko'rdik va oldimizga qo'ygan maqsadimizga erishdik.
- Terma jamoadan chaqiruv olganingiz haqida nima deya olasiz?
- Bundan avvalgi yig'inga chaqirishganda jarohatim borligi sabab kela olmagan edim. Agar bosh murabbiy navbatdagi yig'inga ham taklif qilsa albatta etib kelaman.

Fikrlar